Yangi Nokia 3310 olgan suratlarni iPhone 7’niki bilan taqqoslaymiz

Yangi Nokia 3310 olgan suratlarni iPhone 7’niki bilan taqqoslaymiz

Zamonga nisbatan moslashib, ortga qaytgan Nokia 3310 elektronika olamida shu kunlarning bosh mavzusi aylandi. Yangi ko‘rinishdagi mobil aloqa vositasining talash bo‘lib sotilib ketayotganining bosh omili — o‘tmishni qo‘msash hissi bilan bog‘liq, albatta.

Zamonaviy Nokia 3310 ayni paytda xalqaro bozorda, jumladan bizga nisbatan yaqinroq Rossiyada 70 AQSh dollaridan faol sotilmoqda. Bu pulga smartfon sotib olish mumkin bo‘lsa ham, jahon miqyosida millionlab odamlar odamlar o‘zlarini 17 yil avvalgi xotiralarni uyg‘otib yuborgan oddiy telefon olishdan to‘xtata olishmayapti va unga avvaldan buyurtma berishgan.

Shu kunlarda Xitoy, Hindistonda Nokia 3310’ga o‘xshab ketadigan 10 ga yaqin yangi mobil telefonlar o‘rtacha $12 dollardan sotuvga ham chiqqan. Ekspertlar esa zamonaviylashtirilgan Nokia 3310’ning biror bir o‘ziga xosligi yo‘qlini ta’kidlashmoqda.

70 dollar esa 2,4 dyuymli displey, 1200 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyator, bir nechta tanish ringtonlar, 2 megapikselli kamera hamda qadrdon o‘yinlar uchun to‘lanmoqda.

Ekspertlarning fikricha, zamonaviy texnologiya ixlosmandlari uchun Nokia 3310 2017 zerikarli bir matoh. Undan qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va SMS-xat yozishda, “iloncha”ni o‘ynashda foydalanish mumkin. Biroq, quyidagi suratlarda afsonaviy Nokia 3310’ning yangi talqini zamonamizning eng kuchli kamerafonlaridan biri bo‘lgan iPhone 7 bilan kim zo‘r surat olishda bahs boylashadi.

Business Insider nashri jurnalisti Rob Prays joriy yilning fevralida taqdim qilingan Nokia 3310 2017’ning 2 megapikselli kamerasini iPhone 7’ning kamera imkoniyatlari bilan solishtirishga botina oldi.

Ilk suratlar tashqarida, yorug‘lik yetarli sharoitda olindi: iPhone 7 (yuqoridagi suratlar) va Nokia 3310 (quyidagi suratlar). Ko‘rinib turibdiki, sifat borasida Nokia 3310 «olma»fonga yutqazib qo‘ydi. Surat markazida kuchli noaniqlik ko‘zga tashalanadi. Aslida bu yerda maqsad g‘olibni aniqlash emas. Maqsad — yangi Nokia 3310’ning kamera imkoniyatlarini aniqlash.

Makros’yomkada Nokia telefoni nomiga nisbatan yaxshi surat olishga erishdi. Boshqa suratlarni ko‘rib, xulosani o‘zingiz chiqaring.

***

***

***

***

***

Nokia 3310 mobil telefoni arzon va aloqa qurish imkoniyatlarini beruvchi telefonga muhtoj odamlar uchun ishlab chiqarilmoqda. Bu yerda surat sifati ahamiyatsiz. Yangi talqindagi Nokia 3310’ning 2 megapikselli kamerasi va 16 megabaytli xotirasi, MicroSD xotira bo‘lmachasi va MP3-pleyeri — uning qo‘shimcha imkoniyatlari. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, telefon akkumulyatorini to‘ldirib, “kutish rejimi”da uni bir oy davomida ishlatish mumkin. Bugun smartfonini quvvatlash dardi bilan yashayotgan zamonaviy foydalanuvchilar aynan shuning uchun ham cho‘ntaklarida yana bir — uzoqqa yetadigan akkumulyatorli telefon olib yurishdan erinmasliklari, bu oddiy telefon uchun 70-100 dollar to‘lashlari mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.