Yangi o‘yinbop smartfon qiynoqqa solindi

Yangi o‘yinbop smartfon qiynoqqa solindi

ZTE kompaniyasining yangi Red Magic 8 Pro o‘yinbop smartfoni JerryRigEverything YouTube kanali muallifi Zakning chidamlilik testidan o‘tdi. Odatdagidek, test birinchi smartfonning ekranini tig‘ bilan tirnashdan boshlandi. 

Qurilma ekrani Gorilla Glass 5 oynasi bilan himoyalangan bo‘lib, Mohs qattiqlik shkalasi bo‘yicha oltinchi darajada ekranda tirnalgan chiziqlar paydo bo‘ldi.

Smartfon korpusi va undagi tugmalar alyuminiydan ishlangan. Garchi yon tomonda joylashgan o‘yin triggerlari tig‘ bilan tirnab ko‘rilgan bo‘lsa-da, ular ishlashni davom etdi. Orqa paneldagi kameralarning barchasi shisha linza bilan himoyalangan. Test so‘nggida Zak smartfonni egib ko‘rishga harakat qildi. Biroq bu jarayonda smartfon korpusi o‘z mustahkamligini ko‘rsata oldi. 

O‘QING: Mashhur o‘yinbop smartfon xalqaro bozorga sotuvga chiqmoqda 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!