Yangi Poco smartfoni teri qoplamga ega va u atigi 100 dollar turadi!

Yangi Poco smartfoni teri qoplamga ega va u atigi 100 dollar turadi!

Xiaomi'ning Poco brendi Hindistonda o'zining C50 seriyasidagi yangi hamyonbop smartfoni, Poco C55 modelini taqdim qildi. Garchi bu g'irt byudjet smartfon bo'lsa ham, smartfon orqa tomoni xuddi premium smartfonlardagi kabi bo'lganidek teri qoplamga ega.

Poco o'zining C55 smartfoni MediaTek'ning Helio G85 chipseti bilan AnTuTu benchmarkida 260,000+ baho olganligi bilan faxrlanadi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, bunday toifadagi smartfonlar odatda AnTuTu'da zo'rg'a 200,000+ ball oladi.

Chipset 1 gigagertli Arm Mali-G52 MC2 grafik kartasi, 5 GB gacha virtual xotira bilan kengaytirish mumkin bo'lgan 4/6 GB operativ va 64/128 GB doimiy xotiraga ulangan bo'lib, u 10 Vt tezlikda quvvatlanadigan 5000 mA/soat batareyada Android 12 ga asoslangan MIUI 13 operatsion tizimida ishlaydi.

Tashqi tomondan smartfon 60 gerts yangilanish tezligiga ega bo'lgan 6.71 dyuymli HD+ (720×1650) rezolyutsiyasidagi IPS LCD ekran bilan jihozlangan va u Panda Glass, hamda, barmoq izlariga saqlanishini oldini oladigan oleofob qoplama bilan himoyalangan. Himoya haqida yana bir narsa: qurilma IP52 sertifikatiga ega.

Tasvirga olish borasida Poco C55 smartfoni 50 MP (f/1.8) asosiy orqa kamerasi va portret linza bilan ta'minlangan. Old tomonda yuqori markazida ekran ramkasiga birlashib ketgan tirqishda 5 MP selfi kamera joylashgan.

Aloqa tomonda, qurilma ikkilik SIM-kartada 4G tarmog'ini qo'llab-quvvatlaydi. Qo'shimchasiga, smartfon 3.5 millimetrli naushnik uyasi va orqa tomonda joylashgan barmoq izi skaneriga ega. Biroq, NFC yo'q.

Poco C55 smartfoni yashil, havorang va qora ranglarda quyidagi narxda 28-fevraldan Hindistonda sotuvga chiqariladi.

  • Poco C55 (4/64 GB) - 9499 rupiya yoxud 115 dollar;
  • Poco C55 (6/128 GB) - 10999 rupiya yoxud 133 dollar;

O'QING: OnePlus o‘zining yangi Concept smartfoni tizer qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!