Yangi Poco X5 seriyasi global bozorga chiqarildi!

Yangi Poco X5 seriyasi global bozorga chiqarildi!

Xiaomi kompaniyasi o'zining yangi Poco X5 va Poco X5 Pro smartfonlarini global bozorga taqdim qildi. Samsung'ning Galaxy A23 va M23 smartfonlari uchun raqobatdoshlik qiladigan smartfonlar narxiga nisbatan yaxshigina texnik xususiyatlarga ega.

Seriyadagi boshlang'ich model 7.98 qalinlik va 189 gramm og'irlikdagi Poco X5 bo'lib, u 120 gerts yangilanish tezligi va FHD+ (2400×1080) rezolyutsiyadagi 1200 nit maksimal yorug'likka chiqa oladigan 6.67 dyuymli AMOLED DotDispley ekranga ega.

Smartfon "kapoti osti"da Snapdragon 695 protsessori, 6/8GB LPDDR4X operativ va 128/256 GB UFS 2.2 xotira (microSD bilan kengaytirish mumkin) o'rnatilgan bo'lib, u quti ichida chiqadigan quvvatlovchi yordamida 33 Vt tezlikda zarydalanadigan 5000 mA/soat batareyada ishlaydi.

Orqa tomonda smartfon 48 MP asosiy, 8 MP ultra-keng va 2 MP makro kameralar bilan jihozlangan. Selfi va yuzni aniqlash skaneri uchun 13 MP old kamera mavjud. Smartfon Android 12'ga asoslangan MIUI 13 opertsion tizimida ishlaydi.

Poco X5 Pro, shubhasiz qatordagi "yulduz" bo'lib, maksimal yorug'ligi 900 nit ekanligini hisobga olmasa uning ekrani oddiy bazoviy modelniki bilan bir xil. Biroq ichkarida kuchliroq texnik xususiyatlarga ega: Snapdragon 778G chipseti, 6/8 GB LPDDR4X operativ, hamda, 128/256 GB UFS 2.2 doimiy xotira va 67 Vt tezlikda quvvatlanadigan 5000 mA/soat batareya. Aytish kerakki, ushbu model Dolby Vision & Dolby Atmos, hamda, X o'q chiziqli motorga ham ega. Albatta, xotirani siz 1 TB gacha microSD karta bilan kengaytirishingiz mumkin.

Bundan tashqari, Pro model kamera borasida ham o'z nomiga mos hisoblanadi. Garchi yordamchi kameralar oddiy modelniki bilan bir xil bo'lsada, asosiy kamera 4K video olish imkinini beradigan 108 MP sensor bilan ta'minlangan. Selfi kamerasi esa 16 MP va u ham Face Unlock xususiyatiga ega. Oddiy modeldan farqli o'laroq Poco X5 Pro Android 13'ga asoslangan MIUI 14 bilan keladi. 

Ikkala modellarda ham ekran qulfini biometrik ochish uchun yon tomonda barmoq izini aniqlash skaneri bor. Qolaversa, qurilmalarda 3.5 millimetrli naushnik uyasi, ikkilik stereo dinamiklar, NFC va IR uzatuvchisi mavjud. Aloqa borasida 5G qo'llab-quvvatlanadi.

Poco X5 yashil, havorang va qora ranglarda ikki xotira variantilarida quyidagicha narxda sotuvga chiqariladi:

  • Poco X5 5G - 6/128 - 249 dollar;
  • Poco X5 5G - 8/256 - 299 dollar;

Poco X5 Pro esa sariq, havorang va qora ranglarda ikki xotira variantilarida quyidagicha narxda sotuvga chiqariladi:

  • Poco X5 Pro 5G - 6/128 - 299 dollar;
  • Poco X5 Pro 5G - 8/256 - 349 dollar; 

O'QING: RGB LED chirog‘i yangi Realme smartfonining o‘ziga xos xususiyati bo‘ladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!