Yangi Redmi Note smartfoni rekord darajadagi zaryadlanish tezligiga ega bo'ladi

Yangi Redmi Note smartfoni rekord darajadagi zaryadlanish tezligiga ega bo'ladi

Redmi Note 12 seriyasidagi uchta smartfonlar Xitoyda 3C sertifikatini qabul qilishdi. Unga ko'ra, 22101316C raqamli boshlang'ich model 67 Vt tezlikda, uning kattarog'i, 22101316UCP model raqamli Redmi Note 12 Pro esa 120 Vt tezlikda zaryadlanishi ma'lum bo'ldi. Shuningdek, qatorda yana bir Pro model, Redmi Note 12 Pro+ (22101316UC) modeli ham bo'lib, berilgan ma'lumotlarga ko'ra u 210 Vt tezlikda quvvatlana oladigan bo'ladi. 

Ta'kidlash joizki, bugungi kunda iQOO 10 Pro smartfoni 200 Vt tezlikda, 0 dan 100 foizgacha 10 daqiqa ichida zaryadlanishi bilan eng tez quvvatlanadigan telefon bo'lib turibdi

Xitoydagi Xiaomi Group prezidenti Lu Veybingning ta'kidlashicha, Redmi Note 11T smartfonlarida ko'proq tezlikka e'tibor qaratilgan bo'lsa, Redmi Note 12 seriyasidagi smartfonlar innovatsiyalarga asoslangan bo'ladi.

Mish-mishlarga ko'ra, Redmi Note 12 seriyasidagi smartfonlar MediaTek Dimensity 1080 chipseti bilan jihozlanishi mumkin. Narxlarga keladigan bo'lsak, oddiy Redmi Note 12 modeli 100-150 dollar, Redmi Note 12 Pro modellari esa 200-250 dollar atrofidagi narxda chiqarilishi mumkin. 

O'QING: Xiaomi 13 Pro qanchalik tez zaryadlanishi ma’lum bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!