Redmi 27 aprel kuni yangi smartfon taqdim qiladi

Redmi 27 aprel kuni yangi smartfon taqdim qiladi

Redmi brendi yaqinda o‘zining yangi o‘yinbop smartfoni, shu bilan birgalikda, uning taqdimot sanasi to‘g‘risida ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

O‘QING: Redmi birinchi o‘yinbop smartfonini rasman e’lon qildi – uni shu oydayoq ko‘ramiz!

Geymerlar uchun mo‘ljallangan  yangi smartfonning rasmiy nomi Redmi K40 Game Enhanced Version bo‘ladi va Redmi K40 seriyasining smartfonlaridan biroz farq qiladi.

Devaysning romida maxsus triggerlar bo‘lib, ular o‘yin vaqtida geymerlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. Qurilmaning kamera dizayni ham biroz o‘zgacha. Orqa kamera paneli uchta katta linzali kameralardan iborat. Kamera panelining ikki chetida aylanasimon LED chirog‘i bo‘lib, ushbu chiroq o‘yin rejimi ishga tushganda yonadi.

Ushbu rejimni yoqish uchun, tepadagi trigger yonginasida joylashgan moddiy tugmani bosish kerak bo‘ladi. Ovozni boshqarish tugmalari qurilmaning chap tomonida joylashgan.

Smartfonning taqdim etilishiga bir hafta vaqt bor. Ungacha Redmi ushbu o‘yinbop smartfon haqida yana ma’lumotlar ulashishini kutib qolamiz.

O‘QING: Xiaomi tan olishga majbur bo‘ldi: Redmi’ning yangi smartfonlarida «ishkal» bor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.