Yangi rekord o‘rnatgan Redmi K30 Ultra ichini ochib, Redmi K30 Pro bilan taqqoslab ko‘rishdi

  •   DiMaX
  •  3065
  •  15.08.2020 14:06

Yangi rekord o‘rnatgan Redmi K30 Ultra ichini ochib, Redmi K30 Pro bilan taqqoslab ko‘rishdi

11 avgust kuni Xiaomi o‘n yilligiga bag‘ishlangan tadbirda kompaniyaning bir nechta yangi gadjeti namoyish etildi. Shulardan biri arzonchi brendning eng zo‘r – Redmi K30 Ultra (yoki Redmi K30 Extreme Commemorative Edition) flagmanidir.

O‘QING: Xiaomi dunyodagi ilk shaffof televizorni yaratdi va u bir soniyadayoq sotilib ketdi! («jonli» video)

Redmi K30 Ultra smartfonining savdosi kecha, ya’ni 14 avgustda boshlandi va uning birinchi partiyasi atigi bir daqiqada sotib tugatildi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, bu gal ilk partiyaning hajmi ham chakki emas – 100 ming donadan iborat edi va bu yangi rekorddir!

Shuningdek, internetda Redmi K30 Ultra flagmanining ichki qismlari kompaniyaning Redmi K30 Pro modeli bilan solishtirilgan suratlar ham paydo bo‘ldi. Aytish kerakki, yubiley flagmaniga boshqacha – AMOLED ekran qo‘yilgan; quyidagi suratdan ma’lum bo‘lishicha, undagi daktiloskop ham boshqa, shuningdek, uning elektron boshqaruv qismlari o‘zgacha joylashgan ekan:

Redmi K30 Ultra hamda Redmi K30 Pro tizim platasi orasidagi farq esa ko‘rinib turibdi: uning tuzilishi va hajmi o‘zgargan:

O‘QING: Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

Yubiley flagmanida so‘zlashuv dinamigi bir vaqtning o‘zida vibratsiya uchun ham javobgar va kuzatuvchilar buni «ikkitasi bittada» yechim, deb hisoblashmoqda:

Eslatib o‘tamiz: Redmi K30 Pro modeli may oyidan beri AnTuTu servisiga ko‘ra eng zo‘r hamyonbop smartfonlar global reytingida birinchi bo‘lib kelyapti. Bunisiyam mayli, eng qudratli flagmanlarning xitoycha reytingida ham, global reytingida ham u ayni shu kompaniyaning nisbatan qimmat bo‘lgan Xiaomi Mi 10 Pro flagmanidan o‘zib, kuchli uchlikka kirgan!

O‘QING: Beshta narx toifasidagi eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari, 2020 yil iyul)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.