Yangi rekord: yilning eng tezkor smartfoni AnTuTu’da 356 918 ball to‘pladi!

  •   DiMaX
  •  2054
  •  14.04.2018 11:10

Yangi rekord: yilning eng tezkor smartfoni AnTuTu’da 356 918 ball to‘pladi!

AnTuTu benchmarki bazasida tekshirib ko‘rilgan yangi smartfon – Huawei’ning hali rasman taqdim etilmagan modeli rekord natija namoyish etdi. Bu qurilma nafaqat yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etgan, balki 2018 yilning eng tezkor smartfoni bo‘lib chiqqan!

Kuzatuvchilarning fikricha, bu – joriy yilning ikkinchi yarmida taqdim etiladigan Mate 20 modelidir. Xitoylik texnogigant unga o‘zining yangi ishlanmasi – Kirin 980 protsessorini o‘rnatayotir. U hozirgacha bozorga taqdim etilgan eng tezkor Snapdragon 845 chipsetidan ham o‘zib, rekord darajada samaradorlik ko‘rsatgan.

O‘QING: AnTuTu'da rekord yangilandi: Huawei'ning oshig‘i olchi!

Huawei Mate 20 smartfoni AnTuTu’da 356 918 ball bilan rekordchiga aylangan; bunda, shubhasiz, flagmanga o‘rnatilgan Kirin 980 chipining hissasi katta. Axir, undagi 4 ta ARM Cortex-A75 hisoblash yadrolarining chastota tezligi 2,4 GGs va yana 4 ta shunday yadrolarning chastota tezligi 1,8 GGs bo‘ladi. Takomillashgan neyro-tarmoqli modullar va ilg‘or grafik-tasvirni qayta ishlaydigan Mali-G72 MP12 video kartasi va LTE Category 18 aloqa modemi smartfonning tezkor va ishonchli faoliyatini ta’minlaydi.

Bugina emas, Mate 20 flagmani hatto hozirda yetakchi sanalgan – Snapdragon 845 bazasidagi Samsung Galaxy S9 Plus modelidan naq to‘qson ming ochkoga o‘zib ketgan!

Yaqinda o‘zining Huawei P20 modellarini taqdim etgan xitoylik gigant endi asosiy e’tiborini shu Mate 20 flagmaniga qaratganini payqash qiyin emas.

O‘QING: Huawei Mate 20'dagi bir jihat Galaxy S9 va iPhone X uchun fantastika bo‘ladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!