Yangi rekordchi – Galaxy M51 xususiyatlari tasdiqlanib, allaqachon o‘zi do‘konga ham chiqdi!

  •   DiMaX
  •  3395
  •  27.08.2020 14:59

Yangi rekordchi – Galaxy M51 xususiyatlari tasdiqlanib, allaqachon o‘zi do‘konga ham chiqdi!

Janubiy koreyalik korporatsiya sentyabrning boshida Galaxy M51 smartfonini taqdim etishi kutilmoqda. Galaxy M21, Galaxy M30s hamda Galaxy M31 modellari naq 6000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lsa, yangi qurilmada ushbu ko‘rsatkich yanada yuqori!

O‘QING: Eng «beli baquvvat» hamyonbop – Galaxy M51 rasmiy suratlari, sotuvga chiqish vaqti va narxi!

Samsung Galaxy M51 smartfoni tez orada taqdim etilishi aniq bo‘ldi – allaqachon Samsung rasmiy saytida bu modelni texnik qo‘llab-quvvatlash sahifasi ochilgan. Shuningdek, uning namoyishi sentyabrning ikkinchi haftasida Hindistonda bo‘lib o‘tishini IANS News agentligi tasdiqlagan. Mazkur qurilma Amazon India onlayn do‘koniga ham joylashtirilgan.

Bulardan tashqari, Google Play Console ma’lumotlar bazasida ham Galaxy M51 qayd etilgan. U yerdagi axborotlar smartfonning asosiy texnik xususiyatlarini oshkor qilgan.

O‘QING: Ushbu 38 ta rusumdagi Samsung smartfon va planshetlari naq Android 13’gacha yangilanadi!

Samsung Galaxy M51 modeli avval aytilganidek Snapdragon 730G emas, balki Qualcomm Snapdragon 730 (Snapdragon SM7150) protsessori bazasida tayyorlanmoqda. Tasvirlarni qayta ishlash uchun mazkur chipset tarkibida Adreno 618 grafik tezlatgichi mavjud. Smartfon samaradorligini ta’minlashda 8 gigabaytlik tezkor xotira ishtirok etadi.

Google Play Console bazasida ko‘rsatilishicha, Galaxy M51 ekranining tasvir aniqligi 1080x2400 pikselni tashkil etadi. Va nihoyat, Samsung bu smartfonini qadoqdanoq Android 10 operatsion tizimi bazasida yaratilgan OneUI grafik qobig‘i bilan taqdim etadi.

O‘QING: O‘g‘irlangan Samsung smartfonlarini endi internetga ulanmagan bo‘lsa ham topa olasiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!