Yangi renderlar Galaxy A73 modelining ekran ramkalari yanada ingichkalashganini ko‘rsatib berdi

Yangi renderlar Galaxy A73 modelining ekran ramkalari yanada ingichkalashganini ko‘rsatib berdi

Samsung Galaxy A73 smartfoni yaqin haftalar ichida taqdim etiladi. Shu kungacha smartfonning ko‘plab renderlari e’lon qilindi. Yaqinda taqdim etilgan renderga ko‘ra, smartfonning ekran atrofidagi ramkalar yanada qisqaradi. 

Qurilma xuddi o‘tgan yilgi modelga o‘xshab AMOLED displey va uning ostida joylashgan optik barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi. Samsung bu yili ikkita Unpacked tadbirini o‘tkazdi. Birinchi tadbirda Galaxy S22 smartfonlari va Tab S8 planshetlari, ikkinchisida esa Galaxy Book2 noutbuklari taqdim etildi. 

Kompaniya o‘tgan yili A52 va A72 modellarini bir vaqtda taqdim etganini hisobga olsak, bu yilgi A73 ham A53 modeli bilan birga taqdim etiladi. Taxminlarga ko‘ra, smartfonlar yaqin 3-4 haftalarda e’lon qilinadi.

O‘QING: Samsung Galaxy F23 smartfoni taqdim etildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!