Yangi reyting: iPhone 11 – shunchaki bestseller emas!

  •   DiMaX
  •  1354
  •  27.05.2020 12:13

Yangi reyting: iPhone 11 – shunchaki bestseller emas!

Avvalroq kecha biz joriy yilning 1-choragidagi dunyo smartfon bozori bo‘yicha Counterpoint Research ma’lumotlarini e’lon qilgan edik. Canalys tahlil kompaniyasi bu borada taqdim etgan reytingda esa iPhone 11’dan keyingi – ikkinchi o‘rinni atigi 140 dollarlik smartfon egallagan!

O‘QING: TOP-6: eng ko‘p sotilgan Android-smartfonlar (2020 yil 1-chorak)

MacRumors nashri esa Omdia tahlilchilariga asoslanib, ushbu yilning birinchi choragida eng ko‘p sotilgan smartfonlar statistikasini e’lon qildi. Unda yetakchi iPhone 11 bo‘lib, bitta chorakning o‘zida 19,5 million donadan oshiq sotilgan. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, oldingi yilning mos davrida iPhone XR modeli 13,6 millionta sotilgan edi. Ya’ni, Apple’ning o‘n birinchi avlod eng arzon ayfoni nafaqat o‘z «ajdod»idan 43 foizga o‘zib ketdi, balki bu ishni pandemiya sharoitida uddalay oldi.

Ikkinchi o‘rinni Galaxy A51 egallagan – bu yilning ilk choragida Samsung undan 6,8 millionta sotgan. Kuchli uchlikka Xiaomi vakili ham kirgan – Redmi Note 8 fableti 6,6 millionlik natijaga erishgan.

2020 yilning birinchi kvartalida eng ko‘p sotilgan smartfonlar o‘ntaligiga yana Redmi Note 8 Pro, iPhone XR, iPhone 11 Pro Max, Galaxy A10s, iPhone 11 Pro, Galaxy S20+ va Galaxy A30s modellari ham kirgan.

O‘tgan yilning birinchi choragi bilan taqqoslaganda, bu yilgi o‘ntalikda iPhone’lar soni bittaga ortib, to‘rttaga yetganini ko‘ramiz. Yana bir muhim tendensiya – yetakchilar ro‘yxatida arzon smartfonlar yo‘q hisobi. Shuningdek, reytingda uchtagina smartfonsozning turli modellari mavjudligini ham ta’kidlash kerak.

O‘QING: Galaxy M01 xususiyatlari va narxi e’lon qilindi: Redmi 8A va Realme C3 kushandasi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.