Yangi reytingda iPhone 11’dan keyingi – ikkinchi o‘rinni atigi 140 dollarlik smartfon egalladi!

  •   DiMaX
  •  4220
  •  08.05.2020 12:09

Yangi reytingda iPhone 11’dan keyingi – ikkinchi o‘rinni atigi 140 dollarlik smartfon egalladi!

Kuni kecha biz joriy yilning 1-choragidagi dunyo smartfon bozori bo‘yicha Counterpoint Research ma’lumotlarini e’lon qilgan edik. Canalys tahlil kompaniyasi ham bu borada o‘z reytingini taqdim etdi.

O‘QING: Apple rahbari iPhone SE 2020’ning istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini ma’lum qildi

Unga ko‘ra, Apple korporatsiyasining 2019 yilgi smartfonlari – birgalikda jahon smartfon bozorining 10 foizini egallabdi! Eslatib o‘tamiz, bu – iPhone 11, iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max modellarining umumiy ko‘rsatkichidir.

Har bitta modelni alohida olganda esa iPhone 11 smartfoni 18 milliontalik ko‘rsatkich bilan reyting yetakchisiga aylangan. iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max esa tegishlicha oltinchi va o‘ninchi o‘rinlardan joy olgan.

Eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingida ikkinchi pog‘onani Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendiga mansub ikkita model o‘zaro bo‘lishib olgan. Bular – Redmi Note 8 hamda uning yangilangan variatsiyasi – Redmi Note 8T smartfonlari bo‘lib, ularning o‘zaro farqlarini mana bu xabarimizda, videosini bo‘lsa mana bu maqolamizda ko‘rib chiqishingiz mumkin.

Canalys kompanyasiga ko‘ra 2020 yilning ilk kvartalida eng ko‘p sotilgan telefonlar ro‘yxatiga yana Samsung Galaxy A51, Galaxy A10S, Redmi Note 8 Pro, Galaxy A20S, Galaxy A01, Redmi 8A modellari ham kirgan.

O‘QING: 1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.