Yangi smart-soat qon bosimini ham, qondagi shakar va alkogol miqdorini ham ayta oladi!

  •   DiMaX
  •  1019
  •  04.05.2021 10:33

Yangi smart-soat qon bosimini ham, qondagi shakar va alkogol miqdorini ham ayta oladi!

Aqlli soatlar tobora ommalashib, yangicha turlardagi datchiklar bilan boyitilib bormoqda. The Telegraph gazetasi 2022 yili taqdim etiladigan Apple Watch Series 8 modelining ayrim yangi funksiyalarini e’lon qildi.

O‘QING: 2020 yilgi ikki xil Apple Watch ham 100 dollargacha arzonlashib sotuvga chiqdi

Nashrning ma’lum qilishicha, Apple kelasi yili chiqadigan sakkizinchi avlod smartvotchini yaratishda Rockley Photonics kompaniyasini hamkorlikka tanlagan. Bu kompaniya inson tanasi holatining yangi ko‘rsatkichlarini o‘lchaydigan yangi tur sensorlarni yetkazib beradi. Rockley Photonics bosh direktori avvalroq ommaviy bayonot berib, kishining arterial qon bosimini, qonidagi shakar va alkogol miqdorini aniqlovchi datchiklar 2022 yili tijorat miqyosida chiqishini aytgan.

Hozirgi avlod – Apple Watch Series 6 smart-soati pulsni, qondagi kslorod miqdorini o‘lchashga, shuningdek EKGning soddalashtirilgan versiyasini yozib olishga qodir. Shularning o‘zi kishidagi ayrim kasalliklar avj olib ketmasidan oldin ogohlantirish uchun yetarli.

O‘QING: Apple Watch’dagi yangi funksiya 87 yashar ayolning hayotini saqlab qoldi

Apple Watch Series 8 modellarida joriy etilishi kutilayotgan uchta yangi ko‘rsatkich sensorlari esa salomatlikni monitoring qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ular yordamida diabet, gipertoniya va boshqa xastaliklar rivojlanishining oldini olish mumkin bo‘ladi.

Qonda alkogol miqdorini o‘lchash esa, masalan, kishining o‘ta mast ekanligini aytib, rulga o‘tirishdan qaytarishga xizmat qiladi. Uni avtomobilning bort tizimiga ulab qo‘yib, egasining qonida alkogol ko‘p bo‘lganida mashina o‘t olmaydigan qilib qo‘yish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, biz avval turli fitnes-trekerlar, «aqlli» soatlar kishilarni o‘limdan saqlab qolishi, jinoyatlarni fosh etishda yordam berishi, hattoki xudkushning ayyorligini uning o‘limidan so‘ng aniqlab berishi kabi holatlar haqida ham yozganmiz.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!