Yangi smartfon Galaxy S21 Ultra’ning «burnini yerga ishqab», uch karra rekordchi bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1968
  •  11.08.2021 16:00

Yangi smartfon Galaxy S21 Ultra’ning «burnini yerga ishqab», uch karra rekordchi bo‘ldi!

O‘tgan oyning oxirida xitoylik texnogigant Huawei P50 hamda P50 Pro flagmanlarini namoyish qildi. Bulardan Pro-versiyaning kameralarini tekshirib ko‘rib, DxOMark mutaxassislari uni «kamerofonlarning yangi qiroli» deya e’tirof etishgan. Buning ustiga, Huawei P50 Pro birdaniga ikkita toifada – asosiy kamera hamda selfi-sensor imkoniyatlari bo‘yicha reytinglarning tepasiga chiqib olgan!

O‘QING: Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz

DxOMark laboratoriyasi ekspertlari Huawei P50 Pro modelini sinovlardan o‘tkazishda davom etishmoqda va endi uning ekrani bo‘yicha testlar natijalarini e’lon qilishdi. Uning displeyi mazkur yo‘nalishda barcha smartfonlardan yuqori – 93 ball olib, bu borada ham rekord namoyon etdi!

Mutaxassislar Huawei P50 Pro displeyining yorqinligi yaxshi, sensori sezgir ekanligini e’tirof etishgan. Shuningdek, yaxshi yoritilmagan sharoitlarda ham uning ekranidan bemalol o‘qish mumkinligini hamda displeyda pirpirash deyarli yo‘qligini ham alohida ta’kidlashgan.

O‘QING: Telefon ekranidagi chiziqlardan qutulishning eng oson yo‘llari

Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, ikkinchi o‘rindagi Galaxy S21 Ultra ekrani 91 ballik, uchinchi pog‘onadagi Galaxy Note 20 Ultra displeyi esa 90 ballik natija ko‘rsatishgan. Darvoqe, ekran sifati bo‘yicha DxOMark reytinglarida anchadan beri aynan Samsung smartfonlari yetakchi edi.

DxOMark testlari natijalariga ko‘ra, aynan displey sifati bo‘yicha eng zo‘r smartfonlar TOP-o‘ntaligi esa quyidagicha:

Shu tariqa, Huawei P50 Pro hozir uchta yo‘nalishda – bosh kamera va old kamera imkoniyatlari, shuningdek, ekran sifati bo‘yicha dunyoda eng zo‘r smartfon bo‘lib turibdi. DxOMark mutaxassislari hali uning ovoz imkoniyatlarini ham tekshirib ko‘rishadi...

O‘QING: Ekrani ham bukilib, ham cho‘ziluvchi ilk smartfon – TCL Fold 'n' Roll namoyish etildi! (video)

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!