Yangi Spark sotuvga chiqdi

Yangi Spark sotuvga chiqdi

Tecno kompaniyasi eng oddiy texnik ko‘rsatkichlarga ega yangi Spark Go 2023 smartfonini taqdim etgan edi. Ushbu qurilma bugundan sotuvga chiqdi. 

Helio A22 chipida ishlovchi qurilmani Hindistondagi bir necha riteylerlardan sotib olish mumkin. Uning narxi taxminan 85 dollarni tashkil qiladi. 

Smartfon 3/4GB tezkor, 32/64GB doimiy xotiraga ega. Hozirda faqat 3/32GB versiyani sotib olish imkoni mavjud. 

Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan HIOS 12 grafik qobig‘ida ishlaydi. Unga 720p rezolyutsiyadagi 6.5 dyuymli LCD hamda 10 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs akkumulyator o‘rnatilgan. 

O‘QING: Huawei P60 Pro modelining ayrim texnik ko‘rsatkichlari ochiqlandi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!