Yangi taqdim etilgan iPhone 11’lar qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

  •   DiMaX
  •  4419
  •  14.09.2019 13:13

Yangi taqdim etilgan iPhone 11’lar qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

Apple yaqinda bu yilgi smartfonlari – iPhone 11, iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max modellarini namoyish qildi. Ulardan biri Geekbench’da rekord o‘rnatgani, AnTuTu testida asosiy xususiyatlari fosh bo‘lgani haqida ham yozganmiz.

O‘QING: Barcha iPhone 11’larni eng zo‘r Android-flagmanlar bilan bitta jadvalda taqqoslaymiz!

Har uchala modeldagi iPhone 11 qurilmalari 20 sentyabrdan ochiq savdoga chiqadi, 18 sentyabrdan esa ayrim mamlakatlarda ular uchun oldindan buyurtma olina boshlaydi.

PhoneArena nashri esa yangi ayfonlarning turli mamlakatlardagi narxlarini o‘zaro taqqoslab ko‘rdi va Rossiyada o‘ta qimmat ekanini aniqladi. 512 GBlik ichki xotiraga ega iPhone 11 Pro Max u yerda 131 990 rublga narxlanayotgan ekan. Bu esa kurs bo‘yicha hisoblaganda 2053 dollarga teng, ya’ni, AQShdagidan naq 500 dollarga qimmat!

Yuqoridagi jadvalda ikkita rusumdagi iPhone 11 smartfonlarining turli mamlakatlardagi narxlari keltirilgan. Qizil fon bilan shu ayfon eng qimmat bo‘lgan, yashil fon bilan esa – eng arzon bo‘lgan mamlakat belgilangan.

Yangi ayfonlarning O‘zbekiston bozoriga qachon yetib kelishi noma’lum. Oldingi rusumlardagi iPhone’larni esa 5 650 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: iPhone ba’zilarni qo‘rqityapti. Siz-chi? Siz qo‘rqmayapsizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!