Yangi vakansiya: TikTok’da roliklar ko‘rib, oyiga 250 ming rublgacha ishlab oling!

  •   DiMaX
  •  1190
  •  17.08.2021 11:10

Yangi vakansiya: TikTok’da roliklar ko‘rib, oyiga 250 ming rublgacha ishlab oling!

Eslasangiz kerak, Opera brauzeri shunchaki ikki hafta internet kavlab o‘tirish uchun 8000 yevro miqdorida maosh belgilab, ishga chaqirgan edi. OPSYS kompaniyasi esa yanada g‘alati vakansiya e’lon qilgan: ularga geymer zarur ekan, tag‘in maoshi – yiliga 41 ming dollar!

Bulardan tashqari...

O‘QING: Telegram’da yangi vakansiyalar ochildi, ishlaysizmi?

Moskvada esa TikTok tomosha qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimiga ishga taklif qilishyapti. Ayni damda Rossiya poytaxtida bo‘lib turganlar uchun bu – zo‘r imkoniyat, maoshi esa oyiga 250 ming rublgacha boradi!

SuperJob portalida ushbu vakansiyani «Novie Novie Media» kompaniyasi e’lon qilgan. Bu – blogerlar bilan ishlovchi hamda TikTok targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi reklama agentligidir.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar ham zo‘r: «TikTok ilovasini ocha olish», «“daryolar” – bu tabiiy suv oqimi emasligini bilish», videoda qaysi trend aks etayotganini uch notadayoq topish va stressga chidamlilik.

Ushbu lavozimda ish bilan sutkasiga kamida sakkiz soat to‘liq band bo‘lish talab etiladi, lekin masofadan ishlash taklif etilmoqda.

O‘QING: Farrosh, qorovul, choy tarqatuvchi... O‘zbekistonda kimlar IT-mutaxassisdan IKKI KARRA KO‘P maosh oladi?