Yangi versiyadagi «Yandeks»: so‘zlarga emas, mazmuniga qarab qidiradi!

  •   DiMaX
  •  1069
  •  23.08.2017 17:53

Yangi versiyadagi «Yandeks»: so‘zlarga emas, mazmuniga qarab qidiradi!

«Yandeks» internet-kompaniyasi o‘z qidiruv tizimining yangi versiyasini ishga tushirdi. «Korolev» izlash algoritmiga asoslangan, deb yozadi Izvestiya nashri.

Mazkur qidiruv algoritmi o‘zgacha uslubda ishlaydi: u neyron tarmog‘i yordamida qidiruv so‘rovining ma’nosini veb-sahifa mazmuni bilan taqqoslab tekshiradi, deydi kompaniya.

Ya’ni, «Korolev» algoritmi veb-sahifalardan foydalanuvchining so‘rovidagi so‘zlarni izlamaydi, balki so‘rov mazmunini anglagan holda, foydalanuvchi aynan nimani nazarda tutayotganini «tushunish»ni o‘rganib boradi va shunga qarab, internetdan o‘sha mazmundagi matnli sahifalarni topib ko‘rsatadi.

 «Yandeks» qidiruv xizmatining avvalgi izlash algoritmi «Palex» deb nomlangan bo‘lib, u so‘rov mazmunini faqatgina sahifa sarlavhasi bilan solishtirib izlar edi. «Korolev» bo‘lsa nafaqat sarlavhaning, balki butun boshli sahifaning mazmunini tahlil etuvchi neyron tarmog‘idan foydalanadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.