Yangi Xiaomi flagmani DxOMark reytingida umumiy 117 ballni qo‘lga kiritdi

Yangi Xiaomi flagmani DxOMark reytingida umumiy 117 ballni qo‘lga kiritdi

Xiaomi 11T Pro smartfoni DxOMark laboratoriyasida testdan o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, smartfon 117 ballni qo‘lga kiritdi.

Bu Xiaomi Mi 10T Pro, Galaxy Note20 Ultra hamda OnePlus 8 Pro qayd etgan natijalari bilan bir xil bo‘lsa, iPhone 11'ning natijasidan biroz pastroq. 

Qurilma suratga olish bo‘yicha 125 ball, video imkoniyatlari bo‘yicha esa 110 ballni qo‘lga kiritdi. Smartfonda optik zum kamera bo‘lmaganligi sababli smartfon ushbu yo‘nalishda nisbatan kamroq bo‘lgan 39 ballni qo‘lga kiritdi. 

Mi 11 smartfoni avvalroq 120 ball to‘plaganini hisobga olsak, Xiaomi 11T Pro undan katta farq bilan ortda qolib ketmagan. 

O‘QING: Eng arzon iPhone 13 smartfoni Galaxy kamerafonidan ustun keldi: DxOMark reytingi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!