Yangi yil oldidan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari arzonlashdi, sovg‘alari ham bor!

  •   DiMaX
  •  2542
  •  16.12.2020 10:10

Yangi yil oldidan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari arzonlashdi, sovg‘alari ham bor!

Xiaomi kompaniyasi o‘zining Rossiyadagi rasmiy onlayn do‘konida «Yangi yilga uy bezaymiz» deb nomlangan aksiyani e’lon qildi. Uning doirasida Xiaomi, Redmi hamda Poco brendlari ostidagi bir qator smartfonlar va boshqa gadjetlar uchun turli chegirmalar belgilangan.

O‘QING: Poco M3'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

Maksimal miqdordagi – 4 ming rubllik chegirma kompaniyaning Rossiya bozoriga so‘nggi kirib kelgan modellari – Xiaomi Mi 10T hamda Mi 10T Pro flagmanlari uchun belgilangan. Ularning narxlari avvalgidek 44 990 rubldan emas, balki 40 990 rubldan boshlanadi.

Mi TV 4S 55 televizorini aksiya doirasida 3 ming rublga arzon olish mumkin. Redmi Note 9S, Note 9 va Poco F2 Pro smartfonlari uchun bo‘lsa 2 ming rubllik chegirma ko‘zda tutilgan.

O‘QING: Redmi gigant televizor olganlarga eng yangi smartfonidan qo‘shib beryapti!

Bulardan tashqari, ayrim modellar xaridorlariga Xiaomi sovg‘alar ham beryapti. Masalan, Redmi Note 8T sotib olganlarga 3 290 rubllik Mi Smart Band 5 aqlli bilaguzugi ramziy 1 rublga beriladi. Redmi Note 9 modelini esa nafaqat chegirmali narxda xarid qilish, balki u bilan 2 890 rubllik Mi Body Composition Scale 2 tarozisini 1 rublga olish ham mumkin.

Shuningdek, Xiaomi ekotizimining boshqa turli mahsulotlari – robot-changyutgich, smart-braslet, o‘yinbop monitor kabilarga ham chegirmalar bor. «Yangi yilga uy bezaymiz» aksiyasi 23 dekabr kuni, Moskva vaqti bilan soat 23:59 gacha davom etadi.

Demak, hozir Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz rasmiy saytdagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalansalar bo‘ladi. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda shu mamlakatda bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘yishingiz mumkin.

O‘QING: 80 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasi keladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!