Yangi yilda Xiaomi, Google va boshqa kompaniyalardan yangicha smartfon kutavering

Yangi yilda Xiaomi, Google va boshqa kompaniyalardan yangicha smartfon kutavering

Oxirgi bir necha oydan buyon smartfonlar ekranlari borasida ishonchli ma’lumotlar sizidirb kelayotgan Ross Yangning ma’lum qilishicha, 2021-yil, ayniqsa, yilning ikkinchi qismi, buklamafonlar uchun muhim yil bo‘ladi.

Yangning aytishicha, yangi yilning ikkinchi yarmida Oppo, vivo, Xiaomi va Google kompaniyalari buklamafonlar taqdim qiladi. Samsung o‘zining Galaxy Z Fold, Z Flip2 va Z Flip Lite modellarini taqdim qilishi ham kutilayotir.

Xitoylik smartfonsozlarning buklanuvchan smartfonlar olamiga kira boshlaganiga taajublanmasa ham bo‘ladi, biroq Google'ning ham buklanuvchan Pixel smartfonini chiqarishi e’tiborga molik.

Yang Twitter'dagi tvitida «buklanuvchan smartfonlar» jumlasidan foydalangan bo‘lsa-da, yangi yilda chiqajak modellar xuddi Oppo X 2021 konsepsiyasiga o‘xshash o‘rama model bo‘lishi ham mumkin.

O‘QING: 2021-yilgi Android'lar borasida 10 bashorat

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.