Yangicha Galaxy S10+ chiqyapti. Bu Lite emas

Yangicha Galaxy S10+ chiqyapti. Bu Lite emas

Samsung Galaxy S10+ borasida kichik bo‘lsada, qiziqarli yangilik. Twitter'dagi @StuffListings tomonidan xabar qilinishicha, Samsung'ning 2020 yilgi ilk smartfoni kuni kecha TENAA tomonidan sertfikatlandi.

TENAA listingiga ko‘ra, endi SM-G9750 model raqamiga ega qurilma (Galaxy S10+) ning 6GBlik versiyasi ham mavjud bo‘ladi. Joriy yil fevral oyida taqdim qilinganda, flagman — doimiy xotira hajmiga qarab — 8GB yoki 12GB operativ xotiraga ega bo‘lgan edi. 

Listingda qora rangli Galaxy S10+ ning rasmlari ham ko‘rsatilgan. Ko‘rinishidan, dastlabki S10+ va ushbu yangi gadjet o‘rtasida dizayn borasida hech qanday farq bo‘lmaydi. Yangi variantdagi (va arzonroq bo‘lishi kutilayotgan) flagman iste’molchilari boy bo‘lmagan bozorlar uchun chiqarilayotgan bo‘lishi kerak.

O‘QING: Avlodlar silsilasi: Galaxy S'dan Galaxy S10'gacha

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.