Yangicha Galaxy S21 5G chiqdi, lekin Samsung bu gal ancha ehtiyotkor!

  •   DiMaX
  •  928
  •  20.05.2021 09:57

Yangicha Galaxy S21 5G chiqdi, lekin Samsung bu gal ancha ehtiyotkor!

Samsung kompaniyasi uzoq vaqtdan beri Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik qilib va uning muhim tadbirlariga bag‘ishlangan gadjetlar chiqarib keladi. Janubiy koreyalik texnogigant eng so‘nggi – Galaxy S21 flagmanining ham «olimpiya» versiyasini taqdim etdi.

O‘QING: Galaxy S21 hamda Galaxy S21+ taqdim etildi: videosi, narx va jihatlari

Samsung o‘tgan yili Galaxy S20 Plus flagmanining olimpiya o‘yinlariga bag‘ishlangan Galaxy S20+ 5G Olympic Edition talqinini chiqargan bo‘lib, uning orqa paneliga Tokyo 2020 logotipi tushirilgan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli bultur bu olamshumul sport tadbiri o‘tkazilmay qoldi.

«Sutdan og‘zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi» deganlaridek, kompaniya bu yilgi – Samsung Galaxy S21 5G Olympic Edition modelining orqasiga olimpiada o‘yinlari va yili haqida yozmasdan chiqardi.

Uning orqa qopqog‘ida faqatgina beshta halqadan iborat olimpiya logotipi bor, xolos. Garchi o‘tgan yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman 2021 yilga qoldirilgan bo‘lsa-da, Samsung uning bu yil ham o‘tkazilmasligi mumkinligini o‘ylab ehtiyotkorlik qilgan.

O‘QING: Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

Samsung Galaxy S21 5G Olympic Edition faqat Yaponiyada, NTT Docomo uyali aloqa operatori tomonidan sotiladi. Orqa panelidagi olimpiya hamda Docomo logotiplari, shuningdek, olimpiya halqalari aks etgan betakror oboylarini aytmasa, ushbu versiyaning standart Galaxy S21 5G modelidan farqi yo‘q.

Ishlab chiqaruvchi Samsung Galaxy S21 5G Olympic Edition narxini va savdoga qo‘yilish vaqtini hozircha ma’lum qilmagan.

O‘QING: Galaxy S21 vs iPhone 12: qaysi smartfonlar tezroq arzonlashmoqda?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!