Yangicha haydovchilik guvohnomasi uchun endi elektron ariza topshira olasiz!

  •   DiMaX
  •  2023
  •  10.08.2021 17:07

Yangicha haydovchilik guvohnomasi uchun endi elektron ariza topshira olasiz!

Hozirgi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun onlayn ariza yuborish imkoniyati mavjud. Bu xususda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: Ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni endi tez va bepul – onlayn tarzda olishingiz mumkin

Bu qanday ishlaydi?

  1. Yagona portal orqali ariza beriladi va bank kassalari orqali to‘lovni amalga oshiriladi;
  2. Fuqarolik pasporti, eski haydovchilik guvohnomasi, talon va to‘lovlar to‘langanligi haqidagi kvitansiyaning asl nusxalari bilan tegishli Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuriladi;
  3. Guvohnoma uchun Davlat xizmatlari markazida rasmga tushish (yoki rasmni jismoniy shaxslarning ma’lumotlar bazasidan olish imkoni mavjud, ya’ni guvohnomaga fuqarolik pasportidagi rasm avtomatik tarzda joylashtiriladi);
  4. Shaxsiy imzo qo‘yiladi va yangi namunadagi guvohnoma olinadi.

Ushbu xizmat haqida batafsil ma’lumot olish va undan foydalanish uchun mana bu havola orqali o‘tasiz.

O‘QING: Avtojarimalar to‘g‘risida ma’lumotni endi onlayn tarzda – oson va bepul oling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.