Yangilangan barcha Windows’larda muammo – birorta ham antivirus ishlamay qoldi! Lekin yechimi bor...

  •   DiMaX
  •  460
  •  24.04.2019 11:57

Yangilangan barcha Windows’larda muammo – birorta ham antivirus ishlamay qoldi! Lekin yechimi bor...

Microsoft korporatsiyasi muntazam tarzda o‘zining ommabop operatsion tizimlariga yangilanishlar tarqatib turadi. Lekin ulardagi xatoliklar har gal qanaqadir noqulayliklar tug‘dirayotgani chatoq-da.

O‘QING: Windows 10 May 2019 Update taqdim etildi: yangilanishlarni endi o‘zingiz boshqara olasiz!

Windows operatsion tizimining navbatdagi yangilanishidan so‘ng ularda antivirus dasturlari to‘g‘ri ishlamay qoldi. Ushbu muammo Windows 7 talqinidan boshlab barcha operatsion tizimlarda uchramoqda.

Bilasizki, Microsoft mazkur tizimlariga o‘z antivirusi – «Zaщitnik Windows»ni ham o‘rnatgan va ularda muammo kuzatilmayapti. Lekin yangilangan Windows operatsion tizimlari chet antiviruslar – Sophos, Avira, ArcaBit, Avast, McAfee va boshqalari bilan «kelisha olmay» qolgan.

Ayrim hollarda esa hatto apdeyt o‘rnatilgan kompyuterlar yoki noutbuklar yoqilmay qolishi kuzatilgan. Microsoft dasturchilari bunday muammolarning yechimi sifatida kompyuterni xavfsiz rejimda yoqish, antivirusni to‘xtatib qo‘yish yoki butkul o‘chirib tashlashni tavsiya etishmoqda.

Antivirus dasturlari ishlab chiquvchilar esa bunday taklif berishmoqda: login sahifasiga kirib, 15 daqiqacha kutib, so‘ng kompyuterni o‘chirib-yoqish lozim.

O‘QING: Microsoft’ning kutilmagan qarori: u Windows 8 tizimini muddatidan avval «o‘ldiryapti»!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.