Yangilangan Telegram’da animatsiyali fonlar va boshqa yangi imkoniyatlar

  •   DiMaX
  •  1351
  •  26.06.2021 17:39

Yangilangan Telegram’da animatsiyali fonlar va boshqa yangi imkoniyatlar

Telegram yangilanib, unga jamoaviy videochat (guruhli videoqo‘ng‘iroq) funksiyasi qo‘shilgani haqida yozgan edik. Uning jamoasi messenjerdagi animatsiyali fonlar va umuman animatsiyalar, shuningdek, kirish axboroti eslatmalari, bot menyusi, yarim shaffoflik va yangi ilova ikonkalari hamda stikerlarni import qilish kabi imkoniyatlar haqida alohida xabar chiqargan.

O‘QING: Telegram asoschisi iPhone egalarini «Apple’ning qullari» deb atadi!

Telegram Uzbekistan rasmiy kanali esa original e’lonni o‘zbekchaga o‘girib chop etgan va unda shunday deyiladi:

Guruhli video chaqiruvlarga qo‘shimcha ravishda ushbu yangilanish animatsiyali fonlar va xabarlarni yuborish animatsiyalari, shuningdek, yangi botlar uchun menyu tugmasi, stikerlarni import qilishning yangi usullari, akkauntingizni xavfsiz saqlash uchun eslatmalar va boshqalarni taqdim etadi.

Animatsiyali fonlar

Chatlar uchun animatsiyali fonlarni kutib oling – xabar almashinuv ilovasida birinchi marta! Bunda bir nechta rangli gradiyent fonlar algoritmik hosil qilinadi va har safar xabar yuborganingizda chiroyli harakatlanadi.

Dizaynerlarimiz ushbu ravon, energiya tejamkor animatsiyalarni barcha birlamchi mavzularga qo‘shdi.

Sozlamalarda yana boshqa animatsiyali fonlarni topishingiz mumkin. Android: Chat sozlamalari > Fonni o‘zgartirish. iOS: Ko‘rinish > Chat foni.

Fonlarni yaratish va ulashish

Birlamchi variantlar yetarli bo‘lmagan taqdirda o‘z animatsiyali fonlaringizni yaratish juda oson. Animatsiya qulfini ochish uchun uchta yoki to‘rtta rang tanlang, keyin qo‘shimcha uslub uchun ixtiyoriy naqsh qo‘shing.

Tayyor bo‘lgach, animatsiyali fon rasmlaringizni tanishlar va oilangizni xabarlashish taassurotining yangi darajasiga ko‘tarish uchun ularga ulashing.

O‘QING: Eng «ochofat» 50 ilova: Instagram, Telegram, TikTok... (infografika)

Xabarlarni yuborish animatsiyalari

Stikerlar va emojilar endi batareyangizga ta’sir qilmaydigan yengil animatsiyalar bilan klaviaturangizdan chatga ravon o‘tadi.

iOS qurilmasida bu biriktirmalar panelidan siz yuboradigan multimediaga va hatto matnli xabarlarga ham tatbiq etiladi. Siz kiritgan matn chatga tomon uchganida ravon xabar pufakchasiga aylanadi.

iOS: yarim shaffoflik va yangi ilova ikonkalari

iOS qurilmasida endi fonlar interfeysga zamonaviy ko‘rinish bergan holda chatlardagi yuqori va pastki kolontitul orqali qisman ko‘rinadi.

Klassik ko‘k va qora versiyalariga qo‘shimcha ravishda Sozlamalar > Ko‘rinish ruknida ikkita yangi gradiyent ilova ikonkalarini tanlash mumkin:

Biz iOS qurilmasida Sozlamalar menyusining quyi qismida Telegram Tips kanalini ochuvchi Telegram fuksiyalari tugmasini ham qo‘shdik. Maslahatlar 10 ta tilda, jumladan, yangi qo‘shilgan turkcha versiyada mavjud.

Bir xil tugmalar allaqachon Android versiyasida mavjud, uni yon menyudan topishingiz mumkin.

O‘QING: Shaxsiy ma’lumotlaringizni qaysi messenjer eng kam, qaysilari ko‘proq «kavlashtiradi»?

Kirish axboroti eslatmalari

Akkauntingizga har doim kira olishingizni ta’minlash uchun Telegram telefon raqamingizni dolzarb holda saqlash muhim. Agar telefon raqamingiz o‘zgargan bo‘lsa, uni iOS qurilmasida Sozlamalardagi bevosita yangi eslatmadan tezda yangilashingiz mumkin.

Android foydalanuvchilari ushbu eslatmalarni keyingi yangilanishda oladi, ular hozircha telefon raqamini shunchaki sozlamalarda uning ustiga bosish orqali yangilashi mumkin.

Barcha platformadagi foydalanuvchilar har safar ikki bosqichli tekshiruv sozlamalari o‘zgartirilganida Telegramdan bildirishnoma oladi.

Telegramdagi ikki bosqichli tekshiruv sizga har doim akkauntingizga kirganingizda kiritishingiz kerak bo‘ladigan qo‘shimcha parol o‘rnatish imkonini beradi.

Bot menyusi

Botlar bilan muloqot qilish soddalashdi: maxsus menyu orqali buyruqlarni ko‘rish va yuborish mumkin. Bundan tashqari, endi bot tuzuvchilari kiritish maydonchasida nima yozilishi talab qilinishi tushunarliroq bo‘lishi uchun buyruq uchun ishoralarni tanlashi mumkin.

Botlar dasturchilari endi foydalanuvchining interfeys tili va chat turi asosida o‘zgaradigan, shuningdek, faqat muayyan chatlar yoki administratorlar uchun chiqadigan buyruqlarni yaratishi mumkin.

Tafsilotlar  Bot API hujjatlarida mavjud.

Stikerlarni import qilish

@stickers boti sizga yangi stikerlar to‘plamini yaratishda, shuningdek, stikerlaringiz uchun foydalanish statistikasini olishda yordam berishi mumkin.

Bugun uchinchi tomon dasturchilariga odamlarga yangi maxsus unikal stikerlarniyaratishda va yaratgan stikerlarini bitta bosish bilan Telegramga import qilishdayordam beradigan ilovalarni yaratish uchun vositalarni taqdim etmoqdamiz.

Agar siz foydalanuvchilarga Telegramda stikerlarini nashr qilishda yordam beradigan ilovalar yaratishga qiziquvchi dasturchi bo‘lsangiz, Stikerlarni import qilish qo‘llanmamiz bilan tanishing.

Unutmang, agar shunchaki Telegram foydalanuvchilari siz yaratgan stikerlarni o‘rnatishini xohlasangiz, sizga hech qanday ilova kerak emas! Shunchaki botimiz yordamida stikerlarni yuklang, keyin boshqalarga to‘plamingizga havolani ulashing.

Yangi animatsiyali emojilar

Biz yangi animatsiyali emojilarni qo‘shishda davom etamiz. Har doimgidek, emojining animatsiyali versiyasini ko‘rish uchun quyidagi emojilardan birini alohida xabarda yuboring:

Hozircha shular, yangi fuksiyalarni amalda sinab ko‘rishni taklif qilamiz. Biz esa boshqa uzoq kutilgan yangiliklar va syurprizlar ustida ishlashda davom etamiz, kuzatib boring.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!