Yangilanishdan so‘ng oldingi Note smartfonlariga Note10'dagi funksiya qo‘shildi

Yangilanishdan so‘ng oldingi Note smartfonlariga Note10'dagi funksiya qo‘shildi

Samsung Galaxy Note10 qo‘lda yozilgan matnni terilgan matnga aylantirib beruvchi funksiya bilan taqdim qilingan ega. Koreys kompaniyasi ushbu funksiya One UI 2.0 taqdim qilinishi bilan boshqa smartfonlarga ham qo‘shilishiga va’da bergan edi. Samsung aldamagan ekan. Galaxy Note8 va Galaxy Note9'dagi Galaxy Notes ilovasiga kelgan yangilanishidan so‘ng ushbu funksiya boshqa Note'larga ham qo‘shildi.Ta’kidlanishicha, agar smartfoningizdagi Samsung Notes ilovasi 3.1.04.16 versiyagacha yangilansa, S-Pen'siz ham barmog‘ingiz bilan yozishingiz mumkin bo‘ladi. Vaholanki, ilovaning yangi talqinini Galaxy S10+ ga o‘rnatsak, ushbu funksiya ko‘rinmadi. Bizningcha, bu marketing bilan bog‘liq bo‘lib, vaqtinchlik cheklov hisoblanadi. E’tibor bering, bu yerda ikkita: Galaxy Notes va Samsung Notes ilovalari haqida gap ketyapti.Qo‘lda yozilgan matnni terilgan matnga aylantiruvchi funksiya matnni, shuningdek, Microsoft Word fayliga ham aylantirib beradi. Sizdagi Galaxy Notes ilovasida ushbu funksiya bo‘lmasa, ilovadagi Haqida (About) sahifasiga o‘ting va yangilanishni yuklab oling.

O‘QING: Xiaomi shu oydayoq Galaxy Note 10 «kushanda»sini va yana bir kamerofonini taqdim etadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!