Yap-yangi AMD va Intel protsessorli noutbuklarni tezkorligi va avtonomligi bo‘yicha taqqoslab ko‘rsatishdi

  •   DiMaX
  •  1124
  •  17.08.2020 12:30

Yap-yangi AMD va Intel protsessorli noutbuklarni tezkorligi va avtonomligi bo‘yicha taqqoslab ko‘rsatishdi

TechSpot portali eng yangi rusumdagi AMD hamda Intel protsessorlariga ega noutbuklarni samaradorligiga va akkumulyator quvvatining uzoq vaqtga yetishi bo‘yicha taqqoslab ko‘rishdi. Bu testni to‘laligicha ob’yektiv, deyish mumkin; zero, sinovda faqatgina XMG Core 15 modelidagi noutbukning ikki xil chipsetli versiyasi qatnashgan, xolos.

O‘QING: Xiaomi’ning arzonchi brendi ilk o‘yinbop noutbukini taqdim etdi

Testda qatnashgan XMG Core 15 noutbuklaridan birinchisi AMD Ryzen 7 4800H, ikkinchisi esa Intel Core i7-10750H protsessori bazasida ishlaydi. Laptoplarning qolgan barcha xususiyatlari aynan bir xil: RTX 2060 videokartasi, 16 GBlik tezkor xotira, 512 GBlik SSD-xotira, 1080p aniqlikdagi va 144 gerslik yangilanish chastotasiga ega ekran.

Shunday qilib, Cinebench R20 benchmarkidagi ko‘p yadroli testda bu noutbukning AMD protsessorli varinti yaqqol g‘alabaga erishgan. Intel chipsetidagi XMG Core 15 noutbukidan u 40 foizga tezkorroq bo‘lib chiqqan. Biroq yakka yadroli sinovda laptopning Core i7-10750H protsessorli varianti ustunlik qilgan.

Turli ish yuklamalari bo‘yicha AMD-protsessorli noutbuk Intel-variantdan o‘rtacha 19 foizga tezkorroq bo‘lib chiqqan.

O‘QING: Dunyoda hozir qaysi brendlar noutbuklari eng ommabop?

Avtonomlik testi, ya’ni batareya quvvatining uzoq muddatga yetishi bo‘yicha sinovda ham AMD chipsetli XMG Core 15 g‘olib chiqqan. Wi-Fi tarmog‘i orqali 4K HDR sifatli videoni striming qilishda Ryzen 7 4800H protsessorli noutbuk o‘zining Core i7-10750H chipsetli raqibidan 25 foizga uzoqroq vaqt ishlagan.

Bulardan tashqari, ekspertlar shu ikki xil chipsetli noutbukni Watch Dogs 2, Grand Theft Auto V, Wolfenstein II, Far Cry 5, Battlefield V, Hitman 2, Resident Evil 2, Metro Exodus, Borderlands 3, Red Dead Redemption 2, Control, Rocket League, Civilization VI, CS: GO, Rainbow Six Siege o‘yinlarida ham sinab ko‘rishgan.

Ta’kidlash kerakki, laptoplarning har ikkalovi Enthusiast Mode hamda Overboost Mode rejimlarida ishlay oladi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘yinlarda Intel protsessorli XMG Core 15 raqibidan ko‘ra tezkorroq ekan.

O‘QING: Internetda video ko‘rganda qancha megabaytingiz sarflanishini bilasizmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!