Yap-yangi turkumga mansub Galaxy F41 arzon kamerofoni shu oydayoq chiqadi!

  •   DiMaX
  •  2951
  •  15.09.2020 14:33

Yap-yangi turkumga mansub Galaxy F41 arzon kamerofoni shu oydayoq chiqadi!

Samsung kompaniyasi Galaxy M turkumida eng arzon, Galaxy A seriyasida esa hamyonbop smartfonlar chiqrib kelmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi endi yangi – Galaxy F turkumiga ham asos solyapti.

O‘QING: Samsung eng arzon flagmani – Galaxy S20 FE taqdimotini rasman e’lon qildi

91mobiles nashrining yozishicha, Galaxy F seriyasidagi telefonlarda asosiy e’tibor kameraga qaratiladi. Ularning narxi esa 200–270 AQSh dollari orasida bo‘ladi.

Insayderlarga ko‘ra, ushbu turkumning ilk vakili Galaxy F41 rusumli smartfon bo‘lyapti:

Galaxy F41 qurilmasining model raqami SM-F415F bo‘lib, Samsung uni shu oyning o‘zidyoq, uzog‘i bilan oktyabrning boshida rasman namoyish etadi. Afsuski, gadjetning texnik xususiyatlari hozircha ma’lum emas, lekin bu borada u Galaxy M31 modeliga o‘xshash bo‘lishini aytishyapti.

O‘QING: Naq 7000 mAh batareyali Galaxy M51 sotuvga chiqdi: narx va jihatlari