Yapon milliarderi SpaceX fazo kemasida Oyga birga uchish uchun qiz qidiryapti

  •   DiMaX
  •  1135
  •  13.01.2020 13:34

Yapon milliarderi SpaceX fazo kemasida Oyga birga uchish uchun qiz qidiryapti

Ilon Mask tashkil etgan SpaceX kompaniyasi Oyga uchadigan ilk sayyoh bilan 2018 yilning sentyabrida shartnoma imzolagan edi. Oldin ismi sir tutilgan esa-da, keyinchalik bu sayohatchi yaponiyalik milliarder Yusaku Maezava (Maedzava) ekanligi ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Quyosh tizimidagi sayyoralarga qancha vaqtda yetib borsak bo‘ladi?

44 yoshli Yusaku Maezava kuni kecha Twitter tarmog‘ida rasmiy e’lon chiqardi. Unga ko‘ra, Oyga yakka uchishni istamayapti va mazkur parvozda o‘ziga hamrohlik qiluvchi qiz izlamoqda.

Yusaku Maezava sobiq barabanchi bo‘lib, Oy orbitasiga bir nechta musiqachilarni birga olib ketish uchun Starship kemasidan bir nechta o‘rinni biryo‘la sotib olgandi. Endi esa uning niyati o‘zgargan – betakror sarguzashtlarga boy sayohatga 20 yoshdan oshgan bir qizni ham tanlab olib ketmoqchi. Kasting natijalarini u 17 yanvarda e’lon qilishga va’da bermoqda.

Ta’kidlash kerakki, Ilon Mask va uning SpaceX kompaniyasi tomonidan Oyga ilk sayyohlik parvozi 2023 yili amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Hozirgi paytda birinchi fazoviy sayyohlarning qulay parvozi uchun Starship fazo kemasi prototiplari sinovlardan o‘tkazilmoqda.

O‘QING: «Vau, ishlab ketdi!»: Ilon Mask kosmos orqali ilk tvitni jo‘natdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!