Yaponlar iPhone 6da film oldi

Yaponlar iPhone 6da film oldi

Sifatli kameraga ega smartfonlar ko‘p, ammo iPhonega video va surat olishga qiziquvchi ijodkorlarning va videohavaskorlarning qiziqishi yuqori. Yapon dizayneri Dan Tomimatsu (Dan Tomimatsu) “olmafon”da besh daqiqali syurrealistik film suratga oldi.

“O” nomli ushbu filmni suratga olishda iPhone 6s modelidan foydalanilgan, ob’yektiv sifatida suv tomchisi bor 5 yenlik chaqa ishlatilgan. Tanganing o‘rtasi halqaga o‘xshash teshik, tomchi teshikda. Video tasvirlari dumaloq teshikdagi tomchi ortidan ko‘rinadi. Go‘yoki obrazlar titrab turganday taassurot olasiz, voqealar tushdagiday kechadi. Film muallifining maqsadi ham tomoshabinga sog‘inch tuyg‘usini yetkazib berish.

Ijodkorlar atay iPhoneni tanlagan. Bu bilan sevimli smartfon umrimiz lahzalarini muhrlash uchun hamisha yonimizda, demoqchi.

Film qiz va suv tomchisi haqida xotiralardan iborat. Ularning tasviri ba’zida uyg‘unlashib ketadi. Osoyishta musiqa hamrohligida tomoshabin sukunat va sog‘inch singari iliq tuyg‘ulariga cho‘madi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!