Yaqin orada Android 10’gacha yangilanayotgan oltita Xiaomi smartfoni bilan tanishing

  •   DiMaX
  •  1840
  •  26.12.2019 10:45

Yaqin orada Android 10’gacha yangilanayotgan oltita Xiaomi smartfoni bilan tanishing

Xabarlarimizni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz payqagandirsiz – aksariyat Xiaomi smartfonlari MIUI 11 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkagacha yangilanmoqda. Biroq ularning ko‘pchiligida grafik qobiq yangilansa-da, uning o‘zagi – Android operatsion tizimi eski versiyada qolayotir. Shuningdek...

O‘QING: Xiaomi smartfonlariga MIUI 11 yangi muammo olib kelmoqda

XDA Developers hamjamiyati ishtirokchilari Android 10 bazasida tayyorlanayotgan proshivka kodlarini «kavlashtirib», ayrim ma’lumotlarni aniqlashdi. Ya’ni, Xiaomi o‘zining oltita rusumdagi mobil qurilmasi uchun tez orada ushbu operatsion tizimga asoslangan apdeytni uzata boshlaydi.

Demak, yaqin orada Android 10’gacha yangilanadigan Xiaomi smartfonlari quyidagicha:

  1. Pocophone F1
  2. Mi MIX 2S
  3. Mi MIX 3
  4. Mi 8
  5. Mi 8 Pro
  6. Mi 8 Explorer Edition

Aytish kerakki, aslida bu telefonlar allaqachon MIUI 11 talqinidagi grafik qobiqqacha yangilangan. Biroq, yuqorida ta’kidlaganimizdek, mazkur proshivkalar Android 9 Pie bazasida tayyorlangan.

Android 10 ustiga qurilgan MIUI 11 proshivkalari dastlab Xitoydagi smartfonlarga tarqatiladi, keyin esa bir necha hafta mobaynida dunyo bo‘ylab global proshivkalar ham uzatiladi.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarida yana bir foydali funksiya paydo bo‘lyapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!