Yaqin yillarda insoniyat Internetsiz qolishi mumkin

  •   Saroy
  •  1740
  •  23.07.2018 16:57

Yaqin yillarda insoniyat Internetsiz qolishi mumkin

Medison universiteti olimlarining ogohlantirishicha,  2033 yilga kelib insoniyat internetsiz qolishi mumkin. Barchasiga iqlimning global isishi va dengiz sathining ko‘tarilishi sabab bo‘lmoqda.

Ahvol shu zaylda ketadigan bo‘lsa, sohil bo‘yida joylashgan yirik shaharlar yaqin orada suv ostida qolishi mumkin. Olimlar  AQShdagi vaziyat asosida tahlil qilib ko‘rdilar, masalan, Nyu-York, Mayami yoki Sietl shaharlari misolida ko‘rib chiqildi. Biroq suv ko‘tarilishi davlat yoki ma’muriy chegaralarni tan olmaydi va barcha dengizga tutash mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatadi.

O‘QING:Ucell’dan layfxak: internet-to‘plam xaridida 150 foizgacha tekin trafik olishingiz mumkin!

Yangi tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, talofat ancha sezilarli bo‘ladi va muammolar ham kutganimizdan ertaroq boshlanadi. Faqat AQShning o‘zida  6500 kilometrlik optik tolali kabellar yana 15 yillardan keyin suv ostida qolishi mumkin. «Yaqin yuz yillikda ko‘riladigan zararning katta qismi biz kutgandan ham ertaroq boshlanadi», —  deydi   Viskonsin-Medison Universiteti kompyuter fanlari professori Pol Barford. «Bu bizni hayron qoldirayapti. Biz hali bu talofatlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz uchun 50 yil vaqtimiz bor deb o‘ylagandik, afsuski 50 yil yo‘q».

Muammo shundaki, keyingi 20-25 yilda yotqizilgan optik tolali kabellarni mutlaqo suv o‘tkazmaydi, deb ayta olmaymiz. Chunki o‘shanda iqlim o‘zgarishlari bu qadar tezlashmagandi va infratuzilmani himoya qilish choralari ham ko‘rilmagandi.

O‘QING:Jahon banki O‘zbekistonda tezkor internetni ishga tushirishga yordam beradi

Olimlarning hisob kitobicha, hozirda, suv ko‘tarilishi aniq bo‘lib turgan bir paytda, agar voqealar biz istagandek rivojlangan taqdirda ham (ammo voqealar rivoji biz istagandek bo‘lmayapti) yoki agar barcha davlat bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilgan taqdirda ham, iqlimga antropogen ta’sirlarni to‘xtatishning endi imkoni yo‘q, deydi olim.  

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!