Yarim million Zoom akkaunti tus tilli anonim Telegram-kanalda sotildi

  •   DiMaX
  •  781
  •  05.05.2020 09:55

Yarim million Zoom akkaunti tus tilli anonim Telegram-kanalda sotildi

Cyble kiberxavfsizlik kompaniyasi mutaxassislari 500 ming dona Zoom videokonferensiya xizmati loginlari bazasini arzon narxda sotib olishgan. Bu xususda Sunday Times xabariga tayanib Sof.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: O‘ta ommabop ilova koronavirus fonida yangi rekordga erishdi

Bitim oddiy biznes-chatda tuzilgan. Bu esa koronavirus pandemiyaning eng mashhur ilovasi xavfsizligi yetarli darajada emasligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Yarim million foydalanuvchi bazasi $6000 ga sotilgan. Vositachi Telegram messenjeridagi anonim rus kanali bo‘lgan.

Cyble mutaxassislari ba’zi loginlarning haqiqiyligini tasdiqladi: ular o‘z mijozlariga tegishli edi.

Yil boshidan beri kapitallashuvi ikki baravar o‘sgan Zoom servisi esa konferensiyalar xavfsizligi ustida ish olib borayotganligini va kiberjinoyatlarni tekshirish uchun uchinchi tomon kompaniyalarini yollaganini aytdi.

Zoom’dan biznes maqsadlarida foydalanish SpaceX’dan NASA’ga qadar ko‘plab kompaniya va korxonalar tomonidan taqiqlangan.

O‘QING: Zoom’ning endi keragi yo‘q: Facebook’ning bepul Messenger Rooms servisini qarshi oling! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!