Yarim narxli kambag‘albop buklamafon – Galaxy Fold Lite surati chiqdi

  •   DiMaX
  •  799
  •  26.05.2020 16:35

Yarim narxli kambag‘albop buklamafon – Galaxy Fold Lite surati chiqdi

Samsung kompaniyasining Galaxy Fold smartfoni o‘zgacha form-faktorga ega, narxi ham shunga yarasha – 2330 dollar! Ammo hatto xalqi qashshoq yurtda ham uning ilk partiyasi bir kundayoq sotilib ketgan!

O‘QING: Samsung’ning yangi smartfoni ikki yarim baravarga qimmat – salkam 5000 dollardan sotilyapti!

Samsung endi Galaxy Fold modelining «kambag‘albop» versiyasini tayyorlayotgani haqida keyingi kunlarda xabarlar tarqalgan. Hindistonlik taniqli insayder Ishan Agarval (Ishan Agarwal) esa uning chizma-suratini e’lon qildi.

Galaxy Fold Lite deb nomlanishi kutilayotgan ushbu arzonroq smartfon ham original modelning form-faktorida ishlangan. Galaxy Fold’dan uning farqli jihatlari – bosh kamerasi uchta emas, balki ikki modulli; tashqi displeyi ham ixcham tasmacha shaklida.

O‘QING: Galaxy Fold 2 renderlari chiqdi. Dizayn bilan tanishamiz

Oldinroq sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy Fold Lite modeliga flagman protsessor – Snapdragon 865 o‘rnatilsa-da, u 5G tarmog‘ida ishlay olmaydi. Qurilma ikki xil rangdagi, alyuminiy va shishadan ishlangan korpusga hamda 256 gigabaytlik tezkor xotiraga ega.

Janubiy koreyalik gigant Galaxy Fold Lite modelini shu yil taqdim etishi va 1100 dollar atrofidagi narxda sotishi aytilmoqda. Bu esa oddiy form-faktorli flagman smartfonlar bahosiga teng, original Galaxy Fold’ning yarim narxi, deganidir!

O‘QING: Samsung'ning eng innovatsion va qimmat smartfoni Android 10'ga kutilganidan ancha oldin o‘tadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!