Yarim yil ko‘l tubida yotgan bu smartfon ishlashda davom etdi! (video)

  •   DiMaX
  •  888
  •  10.03.2021 17:35

Yarim yil ko‘l tubida yotgan bu smartfon ishlashda davom etdi! (video)

Suvdan himoyalangan zamonaviy smartfonlarning aksariyati IP68 standartiga mos keladi. Unga ko‘ra, qurilma 1 metrgacha bo‘lgan chuqurlikda yarim soatgacha tura oladi. Shunga qaramay, smartfonlar ko‘pincha suv bilan bog‘liq bundan ham jiddiy sinovlarga bardosh bera oladi, biroq ishlab chiqaruvchilarning bu kabi kafolat berishiga ehtiyoj yo‘q, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: OUKITEL F150 chiqdi: 8000 mAs batareyali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon – atigi 110 dollar! (+video)

Suvdan himoyalanish darajasi qanchalik yaxshiligiga yarim yil Britaniya Kolumbiyasidagi Xarrison ko‘lining tubida yotgan iPhone 11 misol bo‘la oladi. Uni ko‘l ostida tadqiqot o‘tkazgan g‘avvoslar topib olgan.

Ma’lum bo‘lishicha, suv ostidan topilgan iPhone deyarli to‘liq soz holatda, faqat mikrofoni va dinamigida biroz muammo bor. Natijada buni hazil deb o‘ylashgan va smartfon o‘z egasiga qaytarilgan.

iPhone 11 qancha chuqurlikda yotgani noma’lum, biroq videodan ko‘rish mumkinki, u bir metrdan ko‘proq.

Avvalroq Huawei Mate 40 va iPhone 12 smartfonlarining suv o‘tkazmaslik qobiliyati kir yuvish mashinasida «tekshirib ko‘rilgani» to‘g‘risida xabar bergan edik.

O‘QING: Xitoyning bu «o‘lmas» smartfoni iPhone 12 va Xiaomi Mi 10 Ultra’ni mag‘lub etdi! («jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.