Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?

  •   Saroy
  •  19296
  •  26.10.2018 09:33

Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?

Sentyabr oyida shatlandiyalik juftlik Amerikaga sayohat qilishib, Airbnb servisi yordamida ijaraga kvartira oldilar. Ammo yosh sayyohlar kvartirada yashirin kamera borligini bilib qolishdi. Bunday holat har birimizda bo‘lishi mumkin. Xo‘sh kvartirada yashirin kamera borligini qanday bilsa bo‘ladi?

Kamerani nega o‘rnatishadi?

Aksariyat uy egalari juda ehtiyotkor hamda yaxshi tarbiya ko‘rmagan bo‘lishi mumkin. Shu bois bundaylar o‘zgalarning shaxsiy hayotiga burun tiqishni xush ko‘rishadi. Ular sizni biror narsamni o‘g‘irlaydi, mebillarni sindiradi yoki tupolon qiladi deb qo‘rqishadi. Yana shunday toifadagi uy sohiblari borki, bunday odamlar juda yomon odatga ega, ular birovlarning nima ish bilan band ekanini bilib turmasa uxlay olmaydi.

Qolaversa, uy sohibi uyiga yashirin kamera qo‘ygani bilan ularni qonuniy javobgarlikka tortib ham bo‘lmaydi, ayniqsa u uyni ijaraga norasmiy ravishda bersa. O‘zining uyiga har bir odam kamera qo‘yishga huquqi bor va siz ob’yektivga tushib qolsangiz, bu faqat sizning muammoyingiz.

Mehmonxonalar bilan esa ish ancha oson: ular uchun kamera o‘rnatish va uni kuzatib turish ortiqcha tashvish, qolaversa,  biznesidan ayrilib qolish xavfi ham mavjud. Xullas,  bunday “ermak” bilan faqat esini yegan yoki  uyatsiz xodimlar shug‘ullanishi mumkin.

O‘QING: Vahimachilar uchun maxsus: yashirin kameralarni aniqlovchi «anti-josus» gadjet yaratildi! (+video)

Sizga shubhali ko‘ringan har qanday gadjetni qidirib toping

Kuzatuv kamerali budilnik shunday ko‘rinishi mumkin

Eng avvalo budilnikni sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiring. Shotlandiyalik juftlik kuzatuv kamerasini aynan budilnikdan topishgan. Tashqi tomondan devays odatdagi elektron soatlardan biroz farq qilgan. Yosh oila boshlig‘i rozetkaga ulangan vilka xuddi oddiy smartfon zaryadkada turgandek ko‘rinayotganini payqadi. Diqqat bilan qarab turar ekan, yigit soat ushbu gadjetning asosiy funksiyasi emasligini tushundi. Tekshirib ko‘rsa ichida yashirin kamera turardi.

Tutunni sezuvchi dyetektor — bu gadjet kamerani o‘rnatishning yana bir keng tarqalgan usuli sanaladi. Chunki u tepada osig‘lik turadi va xonaning hamma joyini ko‘ra oladi. E’tibor bilan datchikni ko‘zdan kechiring, qurilmaning barcha detallarini yaxshilab ko‘rib olish uchun hatto oyoq ostiga stul qo‘ysangiz ham bo‘ladi.   

Kvartirada ko‘ringan boshqa barcha  elektron gadjetlarni ham shunday sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiring. Agar qandaydir buyum sizga g‘alati ko‘rinsa, korpusida yozilgan nomiga qarang va u haqda internet orqali batafsilroq ma’lumot oling. Shunda qo‘lingizga nimani olib turganingiz ma’lum bo‘ladi hamda kuzatuvdamisiz yoki yo‘qmi bilib olasiz.

O‘QING: «Yashirin» tugmacha oshkor etildi

Ob’yektivlarni qidiring

 Ichiga kamera o‘rnatilgan ruchka

Taassufki, kameralar nafaqat oddiy devayslarda yashiriladi, balki boshqa zarur buyumlarga ham  o‘rnatilishi mumkin. Hozirda Xitoyda mitti kamera o‘rnatilgan ruchkalarni yoki musiqa kolonkalarini osongina buyurtirishingiz mumkin. Nazariy jihatdan kamera o‘rnatsa bo‘ladigan har qanday buyumni e’tibor bilan ko‘zdan kechiring (ayniqsa, shaxsiy hududga yo‘naltirilgan buyum bo‘lsa: divan, krovat, vannaxona). Bular harakat detektori,  bluetooth-dinamik yoki hatto taqinchoq ham bo‘lishi mumkin. 

Oddiy bezaklarga yashirilgan mittigina avtonom kameralar ham bo‘ladi. Xonaga kirib joylashganda abajurlarni, kartina romlarini, xona gullari uchun tuvaklarni va jalyuzalarni ham ko‘zdan kechiring. Agar ularning birida unchalik katta bo‘lmagan dumoloq teshik topsangiz, demak bu teshik mittigina ob’yektiv uchun qilingan bulishi mumkin.

O‘QING: 2020 yilda Yerdagi kameralar soni 1 mlrd.ga yetadi

Yashirin gadjetlarni topishning yanayam soddaroq yo‘li bor. Xonadagi chiroqni o‘chiring. Qo‘lingizga smartfonni olib uning chirog‘ini yoqing va shoshilmasdan xonadagi barcha buyumlarga birma-bir qarating. Agar yashirin ob’yektiv bo‘lsa, uning shishasi chiroq nurida aks etadi va josus gadjetini topishni osonlashtiradi.

Vannaxona va hojatxonani tekshirib chiqing

Yashirin kamera hamma joyda, ayniqsa vannaxonada bo‘lishi mumkin.

Shunaqasi ham bo‘lgan: AirBnb xizmati bo‘yicha bir mehmon Shveysariyaga to‘xtaydi va vannaning tagida uning harakatlarini yozib olayotgan smartfonni topadi. Shu bois hojatxona, shkaflar, komodalar va sochiqlar tokchasini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirish lozim.

Skanerdan foydalaning

Agar shuncha tekshirishlardan ham qoniqmagan bo‘lsangiz va xavfsizligingiz mutlaqo taminlanganiga shubhangiz bo‘lsa, yashirin qurilmalarni izlashga ixtisoslashtirilgan  maxsus skaner sotib oling. U  yashirin kamera olgan ma’lumotlarni uzatish uchun foydalanilayotgan Wi-Fi va Bluetooth’dan tarqaltayotgan barcha to‘lqinni ushlaydi.

Masalan,  BugHunter Professional antiqo‘ng‘izcha ishchi chastotasining o‘ta keng diapazoniga va yuqori sezuvchanlikka ega. U xonadagi istalgan mikrofonni, simsiz kamerani, smartfonlarni va boshqa josuslik qurilmalarini topishi mumkin. To‘g‘ri ushbu qurilma arzon turmaydi, lekin sayyohning shaxsiy hayotini o‘zgalar nazaridan aniq himoyalaydi. Bundan tashqari, antiqo‘ng‘izchalarni internet orqali ham topishi oson va arzonga tushadi.

O‘QING: Kameralar jangi: Huawei P10 Plus devaysi LG G6’ga qarshi

Smartfon uchun ilovalar

Agar alohida gadjetlar uchun boshingizni qotirgingiz kelmasa, maxsus ilovalarni smartfoningizga yuklab olsangiz bo‘ladi. Masalan, iPhone uchun Hidden Camera Detector dasturi yaratuvchilarining ta’kidlashicha, ularning ishlanmalari xonada yashirilgan qurilmalarni topishda asqotadi. Muhimi smartfonning chirog‘i ishlashi kerak. Sizga smartfonni shubhali ob’yektga qaratishga to‘g‘ri keladi, dastur esa u yerda qo‘ng‘izcha o‘rnatilganmi yoki yo‘qmi aytib beradi.

Dasturda o‘qitadigan bir nechta videoroliklar ham bor bo‘lib, ularda josus kameralarni qanday topish mumkinligi haqida hikoya qiladi.

Fing ilovasi uydagi Wi-Fi tarmog‘iga qanday qurilma ulanganini bilishga yordam beradi. Ushbu dastur tufayli foydalanuvchi maxsus kuzatuv ostida ekanini ham  bilish mumkin.

Albatta, ushbu ikki usul ham xarid qilingan maxsus antiqo‘ng‘izchaga qaraganda sezilarli darajada yomon ishlaydi, lekin oz bo‘lsa ham xavfsizlikni ta’minlay oladi.

Agar kemara topilsa nima qilish kerak?

Yashirin kamerani qidirish ijobiy natija ko‘rsatdi va siz xonaga kuzatuv kamerasi o‘rnatilganini aniqladingiz? U holda, eng avvalo mahalliy politsiyaga murojaat qiling va ular tekshiruv o‘tkazadi. Bundan tashqari, sizga kvartira topib bergan firmaga xat yozing va ijoraga olingan xona yoki nomerda yuz bergan hodisa haqida albatta ma’lum qiling.

Bu juda muhim, chunki uy egasining yashirin kamera o‘rnatilgan boshqa kvartiralari ham bo‘lishi mumkin. Demak, u boshqa ijaradagilarning ham ortidan kuzatayotgan bo‘lishi mumkin. Ehtiyot bo‘lgan yaxshida.

O‘QING: Yashirin qurollarni va jinoyatchilarni aniqlovchi – «politsiyachi» smartfon g‘ilofi yaratildi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.