Yashirin kamerali ilk smartfon atigi 5 daqiqada 50% quvvat oladi!

  •   DiMaX
  •  3283
  •  24.02.2020 15:50

Yashirin kamerali ilk smartfon atigi 5 daqiqada 50% quvvat oladi!

Vivo kompaniyasi o‘zining APEX 2020 rusumli innovatsion smartfonini bu yilgi Mobile World Congress ko‘rgazmasida taqdim etmoqchi edi. Ammo koronavirus tufayli MWC 2020 tadbiri bekor qilindi.

O‘QING: Koronavirus va Samsung: ikki hikoya

Endi esa Vivo ikkita yangi tizeri orqali ushbu gadjetining ayrim xususiyatlarini oshkor etdi. Ulardan birinchisiga ko‘ra, Vivo APEX 2020 smartfonining ekrani 120 gerslik chastotada yangilanadi.

Hozirgacha tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, APEX 2020 modeli 120 vattlik quvvatli Super FlashCharge tezkor zaryadlash texnologiyasiga ega. Shuning evaziga 4000 mA/soatlik akkumulyator atigi 5 daqiqada 50 foizga, jami 13 daqiqada esa butunlay to‘ladi.

O‘QING: Bu yil qancha 5G-smartfon ishlab chiqariladi?

Vivo e’lon qilgan ikkinchi poster esa APEX 2020 orqa panelini namoyish etadi: unda asosiy kameraning doirasimon blogida kamida ikkita tasvir datchigini ko‘ramiz. Ulardan tepadagi modul to‘rtburchak shaklda ekanligi esa smartfonning kamerasida periskop zum mavjudligini ko‘rsatadi:

Aytish kerakki, Vivo APEX turkumining ilk vakili 2018 yili taqdim etilib, old kamerasi yuqoridan chiquvchi, skaner va dinamigi romsiz ekranga joylangan ilk smartfon bo‘lgan edi. Mazkur turkumning 2019 yili namoyish qilingan ikkinchi avlodi – Vivo APEX 2019 (yoki Vivo APEX 2) esa Snapdragon 855 chipli, umuman tirqishsiz va tugmachasiz ilk 5G-smartfon sifatida tarixga kirgan.

Vivo APEX 2020 ham sharshara ekranli bo‘lishdan tashqari, birorta portsiz korpusli ekani aytilmoqda. Shuningdek, uning o‘ziga xosliklaridan biri – old kameraning bevosita displey ostiga yashirilganidir.

O‘QING: CES 2020: «Yashirin kamera»li ilk smartfonni kutilmagan kompaniya namoyish qildi (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!