«Yashirin kamera»li Xiaomi Mi 11’ni ishlayotgan holida «jonli» ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  3401
  •  21.12.2020 13:07

«Yashirin kamera»li Xiaomi Mi 11’ni ishlayotgan holida «jonli» ko‘ramiz!

«Xitoycha Apple» allaqachon Xiaomi Mi 11 turkumidagi smartfonlarining taqdimot kunini rasman aytgan. Unda standart modeldan tashqari yanada ilg‘or Mi 11 Pro ham bo‘lishi aniq, lekin...

O‘QING: Xiaomi eng zo‘r va qimmat flagmanini tayyorladi, lekin bu Mi 11 ham, Mi 11 Pro ham emas!

So‘nggi paytlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, standart talqindagi Xiaomi Mi 11 smartfoni chetlari qayrilgan displeyga va ekranosti old kameraga ega. Endi esa ushbu mish-mishlarning tasdig‘i paydo bo‘ldi: ushbu flagmanning ishlayotgan – ekrani yoqiq holida olingan «jonli» rasm chiqdi!

Smartfonning «Telefon haqida» menyusida ushbu modelning boshqa xususiyatlari ham ko‘rsatilgan. Ulardan asosiylari – diagonaliga 6,67 dyuymlik displeyning 2K formatida tasvir uzata olishi hamda Snapdragon 888 protsessoridir:

Ko‘rib turganingizdek, Xiaomi Mi 11 akkumulyatorining tok sig‘imi 4500 mA/soatlik, tezkor/ichki xotirasi esa 8/128 gigabaytlik. Uning yanada katta o‘lchamli xotiraga ega variantlari ham bo‘ladi.

Ushbu flagmanning boshqa tomonlaridan olingan «jonli» suratlarini mazkur xabarimizda, undan butkul farqlanuvchi Xiaomi Mi 11 Pro modelinikini esa mana bu xabarda ko‘rishingiz mumkin.

O‘QING: MIUI 13 proshivkasiga birinchi navbatda yangilanuvchi Xiaomi va Redmi smartfonlari bilan tanishing