Yashirin old kamerali ZTE Axon 20 5G smartfonining ilk rasmiy surat va videosi!

  •   DiMaX
  •  1034
  •  21.08.2020 15:44

Yashirin old kamerali ZTE Axon 20 5G smartfonining ilk rasmiy surat va videosi!

ZTE kompaniyasi yaqindagina kutilmaganda yashirin selfi-kamerali ilk smartfonni e’lon qilgan edi. Keyinroq esa bu qurilmaning suratlari va rasmlari TENAA regulyatorida qayd etilgan.

O‘QING: Maxfiy selfi-kamerali ilk smartfonning namoyish kuni rasman e’lon qilindi!

Ishlab chiqaruvchi kuni kecha ushbu inqiobiy qurilmaning birinchi rasmiy suratini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, ZTE Axon 20 5G orqa panelining dizayni hozirgi aksariyat flagmanlardagi kabi – bosh kameraning barcha modullari va fotochaqnog‘i to‘rtburchak blokka olingan. Old yuzasini esa biror tirqishsiz va kemtiksiz, yupqa romli ekran deyarli butkul egallab olgan:

TENAA ma’lumotlar bazasida qayd etilishicha, ZTE Axon 20 5G ancha yengil – 198 grammlik va yupqa (qalinligi 7,9 millimetr) bo‘ladi. Kompaniya uni Snapdragon 765G protsessori bazasida tayyorlagan va diagonaliga 6,92 dyuymlik, aniqligi 2460x1080 piksellik OLED-ekran bilan jihozlagan.

O‘QING: Android 11 sizni yana bitta erkinlikdan mahrum etadi!

ZTE bundan tashqari Axon 20 5G modelining birinchi rasmiy reklama roligini ham e’lon qildi. Unda displeyning yuqori qismi o‘rtasida ham, burchagida ham, korpusdan chiquvchi mexanizmda ham selfi-kamera bo‘lmasligi o‘ziga xos tarzda ko‘rsatilgan:.

ZTE Axon 20 5G ekranining ostiga yashirilgan old kamera datchigi 32 megapiksellik aniqlikka ega. uning kvadrokamerasi esa 64 + 8 + 2 + 2 megapiksellik sensorlarni o‘z ichiga oladi.

Android 10 operatsion tizimli Axon 20 5G akkumulyatorining tok sig‘imi 4120 mA/soatga teng. Kompaniya uni 1 sentyabrda rasman taqdim qiladi, yangiliklarni Terabayt.Uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Atigi 128 dollarga uch kamerali, 6000mAh batareyali va o‘yinbop protsessorli smartfon chiqdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!