Yashirin selfi kamerali smartfonda olingan rasmlar e’lon qilindi

Yashirin selfi kamerali smartfonda olingan rasmlar e’lon qilindi

So‘nggi xabarlarga ishonsak, 27 iyul kuni ZTE haqiqatan ham o‘zgacha smartfonni taqdim etadi. Bu yangi avlod ko‘rinmas selfi kamerasiga ega Axon 30 smartfoni bo‘ladi.

O‘QING: 19 GB tezkor xotiraga ega birinchi smartfon tizeri e’lon qilindi

Smartfonlar keyingi hafta boshida taqdim qilinadi, lekin shunga qaramay, smartfon aks etgan videolar hozirdanoq tarqalmoqda. GSMArena ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan birida hattoki ekran ostiga o‘rnatilgan old kamera bilan olingan fotosuratlar qanday bo‘lishini ko‘rish mumkin.

Qisqa video roliklarga qaraganda, fotomodulni qamrab olgan ekran maydon bu safar yanada sifatli. Sifat shu qadar balandki, kamera o‘tgan yilgi Axon 20’dan farqli ravishda ekran ostida ko‘rinmaydi.


ZTE Axon 20 (tepada) va ZTE Axon 30 (pastda)

Eslatib o‘tamiz, qurilma Snapdragon 870 chipi va 12 GBgacha operativ xotiraga ega. Bu haqiqat yoki yo‘q ekanini tez orada bilib olamiz. Smartfon taqdimotiga sanoqli kunlar qoldi.

ZTE Axon 30 old kamerasi bilan olingan fotosuratlarning namunalarini quyida ko‘rish mumkin:

 

O‘QING: ZTE bu flagmani bilan Xiaomi Mi 11 Ultra’ning «burnini yerga ishqalamoqchi»!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!