Yashirin selfi-kamerali uchinchi smartfonni yaponlar chiqarishdi: IP68 himoyali va NFC chipli!

  •   DiMaX
  •  902
  •  03.10.2020 16:52

Yashirin selfi-kamerali uchinchi smartfonni yaponlar chiqarishdi: IP68 himoyali va NFC chipli!

 ZTE ekranosti kamerali ilk tijoriy smartfon – Axon 20 5G modelini taqdim etgan. Shunday texnologiyaga ega bo‘lgan ikkinchi telefon esa umuman kutilmagan Vetnamdagi smartfonsoz – VinSmart kompaniyasi tomonidan namoyish qilindi. Yaqinda esa...

O‘QING: Realme ham o‘zining ekranosti kamerali smartfonini ko‘rsatdi

Yaponiyadagi Rakuten kompaniyasi esa old kamerasi displeyning ostiga yashirilgan uchinchi simartfonni taqdim etdi. Rakuten BIG nomli bu qurilma nomiga yarasha katta bo‘lishdan tashqari, kuchli texnik ta’minotga hamda chang va suvdan himoyaga ham ega.

Bu smartfonga naq 6,9 dyuymlik OLED-panel o‘rnatilgan – uning tasvir aniqligi Full HD+ formatida. Uning selfi-moduli displey yuqori qismining o‘rtasida yashirilgan bo‘lib, 32 megapiksellik yakka sensordan iborat. Bundan tashqari, zamonaviy trendlarga mos tarzda, uning barmoq izi skaneri ham ekranga integratsiya qilingan.

Rakuten BIG apparat ta’minotining asosini Qualcomm Snapdragon 765G protsessori tashkil etadi. Yaponlar uni 6 gigabaytlik tezkor va 128 gigabaytlik doimiy xotira bilan ta’minlashgan, yana microSD-karta uyachasi ham bor.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 Ultra’da yashirin kamera qanday ishlashini «jonli» videoda tomosha qilamiz!

Bu smartfon korpusi IP68 standartiga ko‘ra chang va suv kirishidan muhofaza etilgan. Kontaktsiz to‘lovlar uchun unda NFC chipi qo‘llangan. Qurilmaning avtonomligi uchun 4000 mA/soatlik akkumulyator mas’ul.

Rakuten BIG allaqachon o‘z yurtida oq, qora va qizil ranglarda sotila boshlagan. Yaponiyada uning uchun 660 AQSh dollariga teng narx belgilangan; smartfonning boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqishi haqida ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Yashirin selfi-kamerali ilk smartfon savdoga chiqiboq rekord o‘rnatdi