«Yashirin» tugmacha oshkor etildi

  •   Saroy
  •  1827
  •  12.06.2018 11:39

«Yashirin» tugmacha oshkor etildi

Hozirda barmoq izlaridan nusxa oluvchi  ekran skanerlari trend sifatida shakllanmoqda. Samsung bu loyihani hayotga tatbiq qilishning bir nechta variantini ko‘rib chiqyapti (masalan ultratovushli).  Yana bir patenlanadigan usul, bu  foydalanuvchilarning qurilma bilan o‘zaro munosabatidir, ya’ni gap ekran ostiga “yashirilgan” “jismoniy” tugmalar va skaner haqida ketmoqda.

Xabarda aytilishicha, «jismoniy» tugmalar va nusxa oluvchi skaner qurilmada qoladi, lekin ular ekran ostiga berkitiladi hamda foydalanuvchi odatga aylangan harakatlarini boshlash uchun qurilma bilan bemalol ishlashi mumkin. Bundan tashqari, dasturiy ta’minot orqali tugmalarning katta-kichikligini ham o‘zgartirsa bo‘ladi.

O‘QING: Samsung ikkita hamyonbop – Galaxy J3 (2018) va Galaxy J7 (2018) smartfonlarini taqdim etdi

Shuningdek, tugmalar vaziyatdan kelib chiqib turli vazifalarni ham bajarishi mumkin, masalan, kamerani chaqirish, mobil to‘lovlar ilovasini tezda ishga tushirish hamda raqamli yordamchini ochish kabi.

Natijada, smartfon ushbu yechim bilan ekran va korpus nisbati 90 foiz bo‘lishiga erishadi. Bu hozirda Galaxy S9 taklif etayotgan 84,2 foizlik koeffitsiyent bilan solishtirganda qariyb, 6 foizga ko‘pdir.

O‘QING: Galaxy S10 biror smartfonda yo‘q jihatga ega bo‘ladi