“Yashnobod” texnoparki rezidenti “Coscom” uchun robot ishlab chiqdi

“Yashnobod” texnoparki rezidenti “Coscom” uchun robot ishlab chiqdi

Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi “Yashnobod” texnoparki rezidenti kompaniya ofislariga qo‘yiladigan, tariflar va xizmatlar bo‘yicha ma’lumotlar beruvchi robot ishlab chiqdi.

Ta’kidlash joizki, texnopark rezidenti bo‘lmish “Interactive Robot Solutions” korxonasi marketing va boshqa sohalarda sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha endi o‘z faoliyatini boshlagan innovatorlardandir. U yerda sun’iy intellektli turli formatdagi robotlar ishlab chiqarilmoqda.

Bugungi kunda robotlar odamlarga mahsulot, xizmatlar va ob’yektlar haqida ma’lumot berib, savollarga javob beradi. Robot-konsultantlar mehmonxonalarda mehmonlarni kutib olishi, boshqaruvchilik funksiyasini bajarishi, ishlab chiqarishdan band bo‘lishi mumkin. Oxford Economics tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, robotlar ishlab chiqarishda odamlarning o‘rnini borgan sari ko‘proq egallayveradi. Ammo kompaniyalar xarajatlari ham qisqaradi, natijada iqtisodiy samaradorlik o‘sib, yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga sabab bo‘ladi.

O‘QING: Twitter’ni «portlatgan» video: «Eng odamsimon» robotni siz ham ko‘ring!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.