Yaxshi ishga kirmoqchimisiz?

Yaxshi ishga kirmoqchimisiz?

Ishga kirmoqchi bo‘lsangiz, sizdan rezyume so‘raladi. O‘zingiz haqingizdagi ushbu hujjatning qanchalik did bilan yaratilishi, shubhasiz, ish beruvchida siz haqingizda ma’lum bir tasavvur hosil qiladi. Agar rezyumeingiz nafis dizaynli bo‘lsa, nur ustiga nur bo‘ladi. Ushbu maqolada sifatli rezyume tayyorlashingizga xizmat qiluvchi o‘nta ilova haqida so‘z yuritamiz.

Careeraddict blogi muallifi so‘zlariga ko‘ra, quyidagi ilovalar bilan siz rezyumeni ancha yaxshi yoza va tanlovning birinchi bosqichidan o‘tib, suhbatga taklif etilish imkoniyatingiz oshadi.

1. Curriculum Vitae

Ilova resursga tezlik bilan, oson va tushunarli menyu orqali kirishga imkon beradi, tavsiyalar beradi va tayyor materialni tezlik bilan resursga ko‘chiradi, shu bilan bir necha daqiqada zamonaviy rezyume yaratiladi. Curriculum Vitae orqali shaxsiy ma’lumotlarni, profilni, ish tajribasi, til bo‘yicha ma’lumotlar va qiziqishlaringizni o‘z ichiga olgan bo‘limlarni qo‘shishingiz yoki o‘chirishingiz mumkin. Natijani SD-kartada PDF formatida saqlang va ish beruvchi qog‘oz nusxasini talab qilganda, siz uni bemalol chop etish imkoniyatiga doimo egasiz.

Platforma: Android
Narxi: bepul
Tili: ingliz tili

2. My-CV

Bu ilovada siz rezyumeni noldan yaratishingiz yoki tayyor PDF shablonlaridan birini tanlashingiz mumkin. Kerakli bo‘limlarni to‘ldirgandan so‘ng, Dropbox bilan hisob qaydnomangizni sinxronlashtiring va u yerda hujjatdan nusxa oling. Ushbu ilovada haqiqatan noyob jihat shundaki, portfel uchun o‘z veb-saytingizga, ish beruvchilar uchun esa tashrif kartasiga ega bo‘lasiz. Bu sizga butun dunyodagi mutaxassislar bilan muloqot qilishda yordam beradi.

Platforma: iOS
Narxi: bepul
Tili: ingliz tili

3. My CV Maker

Ushbu ilova yordamida istalgan vaqtda avvalroq yaratilgan rezyumelarni ochishingiz, ma’lumotlarni tahrirlashingiz va o‘zgartirishingiz mumkin. Sizga kerakli barcha fynksiyalar - satrlarni kerakli ma’lumotlar bilan to‘ldirish, faylni PDF'da saqlash ilova orqali amalga oshadi. Ushbu dasturning ajoyib tomoni shundaki, u sizga kameradan yoki galereyadan rasm ko‘chirishga imkon beradi. Rezyumega loyihalaringiz yoki yutuqlaringizga e’tiborni jalb qilish uchun ba’zi vizual materiallarni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, bu ilova shunday imkoniyatni sizga taqdim etadi.

Platforma: Android
Narxi: bepul
Tili: hozircha faqat ingliz tili

4. Mobile CV

Ushbu dasturni ishlab chiquvchilar AppStore'da eng ilg‘or deb ta’kidlashadi. Loyihani tez va oson yaratishga imkon beradigan sodda va zamonaviy dizaynni hisobga olgan holda, ko‘pchilik foydalanuvchilar ham bu ta’dikdni ma’qullashadi. Turli xil dasturlar uchun rezyumeni tahrirlashingiz va nusxalashingiz hamda ma’lumotlarni LinkedIn profili orqali import qilishingiz mumkin. Format va shablonlar uchun PDF, JPEG va RTF kabi sozlamalar mavjud.

Platforma: iOS
Narxi: bepul
Tili: ingliz tili

5. Gro Your CV

Bu ilova oddiy rezyume yozish uchun emas. Chunki bu ilova sizning ijtimoiy faoliyatingizni hisobga oladi va buni rezyumeda bo‘lim shaklida joylashtirishni taklif qiladi. Bu vaziyatda sizda ikkita variant mavjud. Birinchisi, agar sizda volontyorlik tajribasi bo‘lsa, ilova uni ish beruvchilar sevadigan va qadrlaydigan ko‘nikmalarga aylantirishga yordam beradi. Ikkinchisi, agar siz hech qachon ko‘ngilli bo‘lmagan bo‘lsangiz, lekin sinab ko‘rishni xohlasangiz, ilova sizga bunday imkoniyatni qayerdan qidirish kerakligini aytadi.

Platforma: iOS
Narxi: bepul
Tili: ingliz tili

6. CV Library

Agar siz ushbu ilova bilan tanish bo‘lsangiz, unda siz allaqachon uning yordami bilan 140 000 ta taklif orasidan ish qidirishingiz va ularga qanday javob berishingiz mumkinligini yaxshi bilasiz. Ushbu ajoyib dasturda siz ish haqida bildirgi qoldirishingiz, qidiruvlarni, vazifalarni va xatlaringizni saqlashingiz, rezyumelaringizni Dropbox yoki Google Drive'ga yuklashingiz va o‘zingizni mutaxassis sifatida samarali targ‘ib qiluvchi professional profil yaratishingiz mumkin.

Platforma: iOS, Android
Narxi: bepul
Tili: ingliz

7. CV Generator

Agar sizga darhol rezyume kerak bo‘lib qolsa va uni izlayotgan bo‘lsangiz, u holda ushbu ilova siz uchun. Bu ilova Facebook yoki LinkedIn'dan ma’lumotlarni import qilishga imkon beradi va avtomatik ravishda kerakli bo‘limlarni to‘ldiradi. Bundan tashqari, bu ilovada har bir rezyume uchun original sarlavhalarni yaratuvchi ajoyib vosita mavjud. Shuningdek, unda ilovadan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma beruvchi ma’lumotlar sahifasi bor.

Platforma: iOS
Narxi: 4. 65 dollar
Tili: ingliz tili

8. CV Builder

Ilovada oddiy foydalanuvchi interfeysi mavjud bo‘lib, u sizga manbani ishonchli boshqarish va istalgan vaqtda almashtirish mumkin bo‘lgan turli xil format va shablonlarni tanlash imkonini beradi. Kontakt ma’lumotlari, faoliyat maqsadi, tajriba, bilim, malaka va ma’lumot bo‘limlarini tahrirlash mumkin. Rezyumeni tugatgandan so‘ng, uni PDF formatida saqlang va agar xohlasangiz pochtaga yuboring.

Platforma: Android
Narxi: bepul
Tili: ingliz tili

9. Rezyume

AppStore ta’kidlashicha, bu rus tilida rezyume yaratish imkonini beruvchi birinchi dastur. Siz har qanday rezyumeni yaratishingiz, fotosuratlar qo‘shishingiz hamda turli xil shablonlardan va oldindan ko‘rish funksiyasidan foydalanishingiz mumkin. Fayl PDF yoki HTML formatida saqlanadi, Dropbox va iCloud'ga yuklanadi, shuningdek elektron pochtaga yuboriladi.

Platforma: iOS
Narxi: bepul
Tili: rus tili

10. Udobnoye rezyume

Ushbu ilovadan foydalanib, siz nafaqat yuqori sifatli va qiziqarli rezyumeni yaratishingiz, balki munosib ish taklifini ham topishingiz mumkin. Sozlamalar va interfeys har qanday Android foydalanuvchisi uchun tushunarli. Ilova rus tilida ishlaydi. Unga yaratuvchilar tomonidan qo‘shimcha xat yozish funksiyasi ham qo‘shilgan.

Platforma: Android
Narxi: bepul
Tili: rus tili

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Saytimiz xabarlarini Odnoklassnikidagi sahifamizda kuzatib boring!