Yaxshi selfi qanday olinadi?

  •   Saroy
  •  1677
  •  17.10.2018 15:41

Yaxshi  selfi qanday olinadi?

Har kuni dunyoda millionlab selfi paydo bo‘ladi. Ayni paytda olimlar selfining odamlar ruhiyatiga qanchalik ta’sir etishini tahlil qilish bilan ovora, lekin selfi qilishni  to‘xtatishning imkoni yo‘q. Shunday ekan, yaxshi selfi qanday olinadi, degan savolga ham javobni tayyorlab qo‘yish zarar qilmaydi.

Muhimi — emotsiya

Portretlar har doim oddiy fotografiyadan ustun turadi. Kuzatib boring, 10 ta selfidan 9 tasi shartli ravishda chiroyli ufqda yoki nonushtada tushgan rasmdan ko‘ra ko‘proq layk oladi. Hammasi oddiy: odamlar har doim o‘zgalarga qarashni yoqtiradi. Chunki sizning chehrangiz — noyob, qolaversa, odamlar ham aynan sizning sahifangizga obuna bo‘lishgan. Shu bois ularni emotsiyangiz bilan quvontiring.

O‘QING:Selfi fojealari: olti yilda 260 ta qurbon

Jilmayish, hayratlanish, tushkun kayfiyat aks etgan chehra sizning holatingizni har qanday og‘zaki tushuntirishdan ko‘ra yaxshiroq hikoya qilib beradi. Notabiiy “muzlagan” chehradan qoching. Siz chehrasi toshdek qotgan odamlarning g‘alati rasmlarini ko‘rgansiz, to‘g‘rimi? Muammo shundaki, odamlar o‘z fotografiyasini qiyinchilik bilan qabul qilishadi.

Maslahat:

  • Tabiiy bo‘ling. Agar kayfiyatingiz a’lomi — jilmaying, tushkun kayfiyatdamisiz — tushkun kayfiyatda selfi qiling
  • O‘rtoqlaringiz, qarindoshlaringiz, hayvonlar bilan selfi qiling. Bu har doim fotosuratni qizaqarli qiladi
  • Labingizni cho‘chchaytirmang.

Sifatli suratga oling

So‘nggi yillarda chiqayotgan smartfonlar shunisi bilan yaxshiki, ularda aynan old kameralari juda yaxshi suratga oladi.

Maslahat:

  • Kamerani arting
  • Sozlagichni tekshiring: faylning eng katta o‘lchami va sifatini tanlang. Smartfonlar so‘nggi yillarda juda sifatli chiqmoqda. Shunday ekan, yuzingizni suratga olishni AUTO rejimiga bemalol ishonsangiz bo‘ladi.
  • Agar fotografiya baribir sifatsiz chiqsa, smartfonni almashtirish haqida o‘ylasangiz ham bo‘ladi. Yaxshi surat shunga arziydi.

Yorug‘likni kuzatib boring

Yorug‘lik qancha ko‘p bo‘lsa, kamerangiz shuncha sifatli fotasurat oladi. Bundan tashqari, yorug‘likni turli burchakdan berish mumkin va ba’zan fotografiyani yanada yaxshilash uchun, 90 daraja burilsangiz yoki enkaysangiz yetarli bo‘ladi.

Maslahat:

  • Uyda tepa yorug‘ligidan qoching. Agar baribir yorug‘likda suratga olishga majbur bo‘lsangiz, uzoqroq, xona burchagiga qoching. Qo‘shimcha yorug‘lik topishga harakat qiling yoki chaqnoqni yoqing.
  • Agar uyda rasm olayotgan bo‘lsangiz, deraza yoniga keling.
  • Agar shaharda tunda suratga olmoqchi bo‘lsangiz, yaxshi yoritilgan vitrina yoki chiroq yoniga keling.                                                                                                            O‘QING:NASA istasangiz sizga koinotda selfi qilish imkonini beradi

Fon ham borligini esdan chiqarmang

Aksariyat hollarda siz kadrda yolg‘iz emassiz, yana fon ham bor. Hatto selfining asosiy mazmuni sizning yuzingiz bo‘lsa ham, fon   arziydigan bo‘lishi haqida qayg‘uring. Aks holda ivirsigan xonada faylasuflarcha nigoh bilan suratga tushish nodonlikning o‘zginasidir.

Maslahat:

  • Suratga tushish uchun chiroyli joy qidiring yoki turgan joyingizni tartibga keltiring, hammasi joyida bo‘ladi!
  • Joyini o‘zgartirib turuvchi kamerada bir nechta kadrni suratga oling. Fon qiziqarli chiqishi uchun rakursni almashtirishga harakat qiling                                                O‘QING:Datchikli ekranga ega, 510 dollarlik Oppo R17 selfifoni chiqdi!

Syelfini tahrir qiling

Fotografiyani har doim yaxshilash mumkin. Qolaversa, qimmat smartfonlarda maxsus ilovalarsiz tahrir qilish mumkin, shuning o‘zi yetadi. Gorizantallikni tiklang, yorqinlik qo‘shing shunda, selfi yanada chiroyli chiqadi.

Bundan tashqari, rasmni yanada yaxshilash uchun ko‘plab pullik va tekin servislar mavjud.

Maslahat:

  • Istalgan zamonaviy smartfonda filtri bilan o‘rnatilgan muharrir mavjud. Uning yordamida rasmning o‘ta ravshanligini, yorqinligini va kontrastini yaxshilash mumkin.
  • Siz boshqa kompaniyaning ham muharriridan foydalanishingiz mumkin. Masalan, mashhur VSCO ilovasi plyonkali fotografiyalarga chiroyli effekt qo‘shadi.

Tarixni hikoya qiling

Layklar va ijtimoiy tarmoqlar bizni o‘zimizni qadrlashga bo‘lgan qarashlarimizni o‘zgartirib yubordi. Ko‘pchillik hisoblaydiki, kimda layk ko‘p bo‘lsa o‘sha fotografiya zo‘r, deb. Natijada biz faqat bir tusdagi chehra tushirilgan selfilar nusxasini ko‘ramiz. Ular begona odamlar bo‘lganda ham mayli edi, agar  do‘stlaringiz yoki tanishlaringiz bo‘lsachi?

Maslahat:

  • Fotagrafiyada tarixni so‘zlang, odamlarni aynan shu o‘ziga bog‘laydi. Masalan siz quvnoq holdasiz, chunki yoningizda yoqimli mushukcha turibdi. Mana bu suratda esa hafa ko‘rinasiz, chunki yaxshi ko‘rgan futbolkangizga kofe to‘kib yubordingiz. Qisqacha, lekin qiziqarli so‘zlarni yozing, shunda selfingizga nafaqat layk bosishadi, balki mazmunan ham boyiydi.
  • Eksperiment qilishdan erinmang, ilhom qidiring va omadli chiqqan fotosuratlarni takrorlashga harakat qiling.
  • Mashhur odamlar va rassomlarning avtoportretlarini o‘rganing.                                          O‘QING:Qo‘sh kamerali va katta FHD+ ekranli Galaxy A8 Star selfifoni taqdim etildi

Eng mashhur koinot selfi Mayk Xopkins tomonidan olingan

Layklarni unuting

Eng ahmoqana g‘oya — o‘zingizning yoki begonaning hayotini layklar bilan baholash. Yurakchalar va imzochalar qachon muhim, qachonki siz blogerlik qilsangiz va shu yo‘l bilan tirikchilik qilayotgan bo‘lsangiz. Boshqa holatda odam mingta layk bilan ham baxtli sanalmaydi.

Suratga olish nuqtasi — selfi ishqibozining yana bir yashirin quroli. Telefonni ko‘zdan biroz balandroq ushlang. Bunday rakurs ikkinchi yoki hatto uchinchi bag‘baqani ham yashiradi va suratda xushbichim bo‘lib ko‘rinasiz.

Telefonni imkon qadar o‘zingizdan olisda ushlang, Shunda yanglishishlar oz bo‘ladi va chiroyli fotosuratga ega bo‘lasiz. Qo‘lni balandga ko‘taring, ozgina burchak ostida suratga oling. Bu ortiqcha vaznni yashiradi, agar bo‘lsa, albatta.

Fonga e’tibor beringfon qanchalik neytral va xotirjam bo‘lsa, sizga shuncha ko‘p e’tibor qaratishadi. Boshingiz tapasidan simyog‘och yoki bo‘ta chiqib turishi yoki kadrga begonalarning tushib qolishi suratni aslo bezamaydi. Fonda chiroyli manzara yoki arxitektura yodgorligini ko‘rsatmoqchimisiz? Ulardan uzoqroq bo‘ling, O‘shanda siz xohlagan barcha narsalarning o‘zi kadr ichiga kiradi.

Quyoshga qarshi rasmga tushmang, soyali joyni  toping, shunda yorug‘likning yuzingizda teng taqsimlanishi rasmni juda chiroyli chiqaradi. Aks holda ko‘zingizni qisib olasiz va xitoyliklarga o‘xshab qolasiz. Jilmaying, bunday suratlar ko‘p layk  yig‘adi.

Darvoqe, kamerani artib oling. Ushbu oddiygina harakat sizni xira rasmdan qutqaradi.

Hozirda, eng dolzarb mavzu tabiiylik va tabiiy chiroy hisoblanadi. Rasmga tushayotganda uzingizni zo‘rma-zo‘raki chiroyli qilishga urinmang. Odamlar bunda qalbakilik – feyk bor deb hisoblaydi va sizga ishonmay qo‘yadi. Esda saqlang! Halollik  dunyoni qutqaradi.

O‘QING:Fotokamera qarshisida halokat yoki selfi nega taqiqlanmoqda?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.