Yaxshi sotilayotgan xitoylik 3 ta ilg‘or, arzon va o‘rta narxli smartfon

Yaxshi sotilayotgan xitoylik 3 ta ilg‘or, arzon va o‘rta narxli smartfon

Smartfon ishlab chiqaruvchilari bozordagi raqobatga dosh berish uchun kaftday metallga bo‘lar-bo‘lmas datchik, dasturlar va ovozli yordamchi tizimlarni tiqishtirib tashlashmoqda. Biroq, yaxshilab o‘ylab ko‘rsak, smartfon bosh maqsadi – aloqa qilish. Aloqada bo‘lish uchun esa unda ilg‘or kamera va uzoqqa yetadigan akkumulyator bo‘lsa kifoya. Biz quyida ayni paytda bozorda yaxshi sotilayotgan hamyonbop va o‘rta narxli smartfon modellari orasidan sig‘imdor akkumulyator va yaxshi kameraga ega munosib xitoylik smartfonlar to‘g‘risida ma’lumot beramiz.


Xiaomi Redmi Pro

Nimasi bilan qiziq: Bosh kamerasi qo‘sh ob’yektivli bo‘lgan, akkumulyatori sig‘imdor smartfon.

Bahosi qancha: o‘rtacha 215 AQSh dollari.

Redmi turkumiga mansub smartfonlar kamerasiga xos sifat u qadar ham yuqori bo‘lmasa-da, Redmi Pro modelidagi smartfonlar qo‘sh ob’yektivli – 13 MP + 5 MP bosh kamerasi bilan ko‘pchilikka ma’qul keladi. Sony IMX258 surat sensoriga ega bu modelni to‘liq kamerafon deyish mumkin.  

Ushbu modelda 4050 mA soat tok sig‘imiga ega ajralmas akkumulyatordan foydalanilgan. Bir kunda 20-30 daqiqa suhbat qurganda, 7 soat 3G/4G tarmog‘ida pochtaga ko‘z yugurtirish, Twitter, WhatsApp, Skype va boshqa tarmoqlarda sayohat qilganda, 6 soat Wi-Fi orqali aloqada qolganda, bir necha 10 ta surat olib, bir soat musifa tinglagan taqdirda, to‘liq quvvat bu smartfonga 15-17 soatga yetadi. Yoki smartfonning to‘liq quvvati 7 soat tinimsiz aloqa qurish imkonini beradi. 

Displey OLED-matritsali bo‘lgani bois, smartfonni to‘liq quvvatlab, 12 soat FullHD videolarni tomosha qilish mumkin.

Korpus materiali: metall, shisha;

Operatsion tizim: Android 6.0;

Aloqa tarmog‘i: 2G/3G/4G;

Ekran: OLED, diagonali 5.5”, sig‘imi 1920x1080 – FullHD;

Platforma: MediaTek Helio X20;

Operativ xotira: 3 GB;

Doimiy xotira: 32 GB;

Xotira kartasi uchun bo‘lmacha: bor;

Bosh kamera: 13 MP + 5 MP;

Old kamera: 5 MP;

Interfeys: Wi-Fi (a/b/g/n) 2 diapozonli, Bluetooth 4.1, USB Type C (USB 2.0) porti (quvvatlash va ma’lumot almashish uchun), 3.5 mm.li audio tuynuk;

Navigatsiya: GPS (A-GPS), Glonass;

Qo‘shimcha: barmoq izlari skaneri, yorug‘lik datchigi, oraliq-masofa datchigi;

O‘lchamlari: 151 x 76 x 8,15 mm;

Vazni: 174 gramm.

Kamchiligi — tungi sharoitdagi suratlar foydalanuvchini xursand qilmasligi mumkin. Bu borada Honor 6X, ZTE Nubia Z17 mini undan ilg‘orroq, biroq narx masalasida bu gadjetlar qimmat.

ASUS ZenFone 3 Zoom

Qaysi jihati bilan o‘ziga xos: 5000 mA soat tok sig‘imili akkumulyatori,  iPhone 7 Plus'ga monand qo‘sh ob’yektivli bosh kamerasi va ilg‘or selfi-kamerasi bor.

Narx-navosi: 410 AQSh dollaridan boshlab.

Kamera — smartfon jihati haqida gap ketganida kamida 2-muhim omil. Birinchi navbatda barcha uchun ham protsessor salohiyati ahamiyatli. ZenFone Zoom smartfonlar turkumi orqali ASUS muhandis-texnologlari «zum-smartfon», ya’ni kamerasida ob’yektni yaqinlashtiruvchi optik priborlari bo‘lgan kamerafonni yaratishga urinishgan va buni uddalashgan.

ZenFone 3 Zoom — AMOLED ekran + 14 nanometrli protsessor + sig‘imdor akkumulyatorga, shu bilan birga o‘rta narxga ega smartfon.

Garchi, gadjetdagi optik yaqinlashtirish 2,3x martani tashkil qilsa ham, dasturiy ta’minot orqali muayyan ob’yektni 12 martaga yaqinlashtirsa bo‘ladi. Kunduzgi sharoitda uzoqdagi ko‘z ilg‘amas yozuvlarni ham kamera orqali yaqinlashtirib, o‘qish mumkin.

Ijodiy, ya’ni suratkash nuqtayi nazaridan yondashadigan bo‘lsak,  ZenFone 3 Zoom kamerasi yaxshi kameralar qatoridan o‘rin egallaydi. Aniqrog‘i, kameraning dinamik diapazoni o‘rtacha. Shunday bo‘lsa ham, ZenFone 3 Zoom aksariyat smartfonlardan farqli o‘laroq, qorong‘ulikdagi ob’yektlarni ham ko‘ra oladi.

Smartfonning boshqa jihatlari:

Korpus materiali: Alyuminiy;

Operatsion tizim: Android 6.0.1 + ZenUI;

Aloqa tarmog‘i: 2G/3G/LTE (800/1800/2600), 2 ta SIM-kartali;

Ekran: OLED, diagonali 5.5”, sig‘imi 1920x1080 – FullHD;

Platforma: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 625;

Operativ xotira: 4 GB;

Doimiy xotira: 64 GB;

Qo‘shimcha xotira kartasi uchun bo‘lmacha: bor;

Bosh kamera: 2 ta 12 megapikselli sensor;

Old kamera: 13 MP;

Interfeys: Wi-Fi (a/b/g/n) 2 diapozonli, Bluetooth 4.1, USB Type C (USB 2.0) porti (quvvatlash va ma’lumot almashish uchun), 3.5 mm.li audio tuynuk;

Navigatsiya: GPS (A-GPS), Glonass;

Qo‘shimcha: barmoq izlari skaneri, yorug‘lik datchigi, oraliq-masofa datchigi;

O‘lchamlari: 154.3 x 77 x 8 mm;

Vazni: 170 gramm.

Samsung Galaxy A5 2017 ayni paytda smartfon bozorida ASUS ZenFone 3 Zoom'ning asosiy raqibi. Uzoqqa  yetadigan "quvvat toshi", yorqin va tejamkor AMOLED-displey, sifatli ovoz hamda yaxshi kamerafon kabi eng yaxshi jihatlarga ega boshqa smartfon topish qiyin.

 

Moto Z Play

O‘ziga xos jihatlari: quvvatga chidamli, ilg‘or Android tizimlariga ega hamda old kamerasi fotochaqnoqli. Nisbatan arzon. O‘ta yupqa korpus – 7 millimetr!

Narx-navosi: 310 AQSh dollaridan boshlab.

Lenovo kompaniyasi ham jahonning nufuzli elektronika ishlab chiqaruvchilaridan biriga aylandi. Harqalay kompaniya sifatli mahsulotlari bilan o‘z obro‘yini mustahkamlashdan manfaatdor. U Motorola'ni sotib olgach, Moto savdo belgisi ostida hamyonbop smartfon modellarini ishlab chiqarishni boshladi. Brendning "Z Play" turkumi qisqa fursat ichida ommalashdi.

Smartfonlarning aksariyati "na go‘sht, na baliq" tamoyili asosida ishlab chiqarilmoqda. Moto Z ko‘rinishidan hashamdor va iPhone 7 Plus kabi yupqa korpusli. Motorola unga 3500 mA soat tok sig‘imiga ega batareya o‘rnatgan.

5,5 dyuymli FullHD displey, tejamkor bo‘lgan AMOLED-matritsada ishlaydi. Gadjetga o‘rta darajali va yaxshi ishlaydigan Snapdragon 625 protsessori o‘rnatilgan.

Kamera sifati yaxshi. Imkoniyatlariga ko‘ra, ASUS ZenFone 3 yoki Meizu MX6 bilan bir xil. Undagi fokuslash tizimi tezkor ishlaydi.

Moto Z Play uchun elektr sig‘imi 3510 mA soat bo‘lgan akkumulyator tayyorlangan. Avvalgi yilgi "X Play" bilan solishtirganda, bunisi  120 mA soatga "ozgan". 

Moto Z Play to‘liq quvvat bilan o‘rtacha foydalanganda 2 kun ishlab beradi. Tinmay pochtani tekshirish, messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda "sayohat" qilish, veb-serfing, musiqa tinglash hamda boshqa ishlarni amalga oshirganda, smartfon to‘liq quvvat bilan 5 soat ishlaydi. Bu yaxshi natija.

"Z Play" turkumi o‘z nomi bilan media mahsulotlarni ko‘rish, tinglash uchun ayni muddao.

Smartfonning boshqa jihatlari:

Korpus materiali: Alyuminiy;

Operatsion tizim: Android 6.0 Marshmallow;

Aloqa tarmog‘i: 4G , 3G, Wi-Fi (IEEE 802.11 b/g/n/ac), Bluetooth 4.1, GPS, GLONASS, NFC;

Ekran: 5,5”, 1920x1080, AMOLED, 403 ppi;

Platforma: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 625;

Operativ xotira: 3 GB;

Doimiy xotira: 32 GB;

Qo‘shimcha xotira kartasi uchun bo‘lmacha: bor;

Bosh kamera: 16 megapikselli sensor;

Old kamera: 5 MP;

Navigatsiya: GPS (A-GPS), Glonass;

Qo‘shimcha: barmoq izlari skaneri, yorug‘lik datchigi, oraliq-masofa datchigi;

O‘lchamlari: 156,4x76,4x7 mm;

Vazni: 165 gramm.