Yil oxirigacha tezkor internet kirib bormagan maktab qolmaydi!

  •   DiMaX
  •  182
  •  29.04.2021 14:49

Yil oxirigacha tezkor internet kirib bormagan maktab qolmaydi!

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bugun – 29 aprelda matbuot anjumani tashkil etilgan. Unda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov muhim ma’lumotlar berdi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: O‘zbekistonda internet nega qimmat? – AKT vazirligi izoh berdi

Vazir o‘rinbosari, jumladan, quyidagilarni ta’kidlagan:

«2020 yilda optik tolali aloqa liniyalarini tortish ishlari 7155 ta (71 foiz) maktablarda amalga oshirilgan. Joriy yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkich 10 008 ta (100 foiz)ga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda internet tarmog‘iga ulangan maktablar «EDUCATION» tarifiga ulangan va maktab quvvatidan kelib chiqib, 10/40/100 Mbit/s tezlikda ishlaydi.

Bugungi kunda maktablarda ichki lokal tarmoq uskunalari hamda Wi-Fi qurilmalar bilan ta’minlangan maktablar soni 4000 mingdan oshdi. 2021 yil yakuniga qadar 7 mingga yaqin maktablarni ichki lokal tarmoq infatuzilmasi bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, kelgusida barcha maktablarni va ulardagi kompyuterlarni bog‘lovchi yagona «Elektron ta’lim» korporativ tarmog‘i yaratilishi ko‘zda tutilgan».

O‘QING: O‘zbekistonda 2G, 3G, 4G va 5G texnologiyalari: Tezkor internetga ulash qanday ketyapti?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!