2021 yilda Xiaomiʻning foydasi 70% ga o‘sdi!

2021 yilda Xiaomiʻning foydasi 70% ga o‘sdi!

Xitoyning Xiaomi texnologiya korporatsiyasi to‘rtinchi chorak va umuman 2021 yil uchun moliyaviy hisobotlarini taqdim etdi. 2021 yilda Xiaomi'ning sof foydasi 3,46 milliard dollargacha o‘sdi, bu 2020 yilga nisbatan 69,5 % ko‘p.

To‘rtinchi chorakda kompaniyaning savdosi 21 % o‘sib, 13,5 milliard dollarni tashkil etdi. 2021 yil yakunlari bo‘yicha daromad 51,65 milliard dollarga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 33,5 % ga ko‘pdir. Moliyaviy natijalarni taqdim etishdan tashqari, kompaniya 1,3 milliard dollarlik aksiyalarni qayta sotib olishini ham e’lon qildi.

Dunyodagi uchinchi yirik smartfon yetkazib beruvchisi sifatida Citigroup tahlilchilari Andre Lin va Artur Lay Xiaomi 2021 yilning ikkinchi yarmida yetkazib berishda uzilishlar va ishlab chiqaruvchilar narxlarining o‘zgarishiga duch kelishdi. Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti kompaniyaning xorijiy biznesiga muammolarni qo‘shdi. Biroq tahlilchilarning ta’kidlashicha, hozirgi geosiyosiy vaziyatning oqibatlari Xiaomi uchun "boshqara oladigan" bo‘ladi.

“Geosiyosiy xavf-xatarlar va noaniqliklar bu yil ham saqlanib qolmoqda”, – dedi Xiaomi prezidenti Van Syan konferensiya chog‘ida. – “Biroq, yaxshi xabar shundaki, yilning ikkinchi yarmida ta’minot bo‘yicha yaxshilanishlar boshlanadi”.

O‘QING: Xiaomi o‘z smartfonlari uchun allaqachon Android 13 ustida ishlamoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!