Yil so‘ngida yoki kelasi yil boshida chiqadigan Xiaomi Mi 12 ilk suratlarda!

  •   DiMaX
  •  969
  •  11.06.2021 17:31

Yil so‘ngida yoki kelasi yil boshida chiqadigan Xiaomi Mi 12 ilk suratlarda!

Xiaomi korporatsiyasi Mi 11 turkumida bir qator smartfonlar taqdim etib ulgurdi va allaqachon navbatdagi – Xiaomi Mi 12 flagmanini tayyorlayotganiga shubha yo‘q. «Xitoycha Apple» uni joriy yilning oxirida yoki 2022 yilning boshida namoyish etishi kutilmoqda.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)

Xitoydagi manbalar sizib chiqqan ma’lumotlar asosida ushbu smartfonning birinchi konseptual suratlarini tayyorlashdi. Mazkur qurilma Xiaomi Mi 11 hamda Mi 11 Ultra flagmanlarini eslatadi, lekin orqa panelida qo‘shimcha ekrani yo‘q. Xiaomi Mi 12 bosh kamera blogi to‘rtta optik sensorni hamda qo‘shaloq LED-chaqnoqni o‘z ichiga olgan.

Smartfonning old panelida yonlari qayrilgan displeyni ko‘ramiz (Xiaomi uni «giperboloid» displey, deb atagan). Selfi-kamera bu modelda ekranning ostiga yashirilgan bo‘lishi kerak.

Xiaomi Mi 12 displeyi LTPO texnologiyasi bo‘yicha ishlangan bo‘lib, adaptiv (moslashuvchan) kadr yangilanish chastotasiga ega bo‘ladi, deyishmoqda. Hozirgi flagmanlardan farqli ravishda, unda chastotani 1 gersdan to 120 gersgacha, 1 gersgacha aniqlikda (masalan – 119 gerslik qilib) sozlash imkoni bo‘ladi. Xuddi shunday ekran iPhone 13 Pro hamda iPhone 13 Pro Max modellarida ham qo‘llanishi kutilayotir.

O‘QING: AliExpress: Rossiyaliklar eng ko‘p olayotgan o‘nta smartfonning dastlabki beshtasi bitta kompaniyaga tegishli

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!